3-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har
shanba kuni Qubo masjidiga goh piyoda, goh ot.minib kelar erdilar». (Buni ko‘rib
Abdulloh ibn Umar ham shundoq qilar erdilar).
4-bob. Qubo masjidiga ot minib yokim piyoda kelmoq Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam
Qubo masjidiga goh otda, goh piyoda kelar erdilar». Ibn Numayr yuqoridagi hadisga
qo‘shimcha qilib: «Ibn Umar Qubo masjidiga kelgan zahoti ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng
o‘tirar erdi»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
234
5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan minbarlari orasida namoz o‘qimoqning fazilati Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan
minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim
qirg‘og‘ida bo‘lg‘aydir»,- deb aytganlar».
6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida Ziyodning ozod qilingan quli Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriy Janob
Rasulullohdan eshitgan to‘rt vasiyatni aytib, meni taajjubga soldilar, xursand qildilar.
Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim eri
yokim bir mahrami birlan safar qilg‘aydir; ikki hayit kuni ro‘za tutilmag‘aydir;
bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan so‘ng kun botguncha namoz o‘qilmag‘aydir;
faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko‘proq
savob topg‘aydirsiz!»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
235
É
Ο
ó
¡
Î
0
«
!
$
#
Ç
⎯≈
u
Η
÷
q