Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
336
«Biz mana shu yerda shu ikki namozning -shom va xuftonning vaqtini o‘zgartirib o‘qidik,
bundan buyon odamlar ham Jam’ga biz kelgan vaqtda kelib, bomdodni biz o‘qigan
vaqtda o‘qimoqlari lozimdir» - deb aytganlar»,- dedilar. Keyin, Abdulloh tong shafag‘i
taralguncha poylab turdilar-da, «Agar hozir Amir ul-mo‘‘minin
tavofi ifoza qilganda erdi,
sunn.atni ado etgan bo‘lardi»,- dedilar. Ul kishi shu so‘zni aytib ulgurdilarmi, yo‘qmi,
bilmasman, Hazrat Usmon odamlarga yo‘lga chiqmoqni buyurdilar. So‘ng,
Nahr kuni
Jamrat ul-Aqabaga borib, tosh otgunlariga qadar talbiya aytib ketdilar».
100-bob. Jam’dan qachon qaytiladir?
Amr ibn Maymun rivoyat qiladirlar: «Men Umar raziyallohu anhuning Jam’da bomdod
namozini o‘qiganlarini ko‘rdim. Namoz o‘qib bo‘lgach: «Mushriklar
Quyosh
chiqmaguncha tavofi ifoza qilmas erdilar, ular: «Nabiy
sallallohu alayhi va sallam,
Quyosh Sabiyrdan (Makkadagi tog‘dan) oshgach, tavofi ifoza aylamog‘imizga qarshilik
qildilar, so‘ng biz Quyosh chiqmasdan tavofi ifoza etdik» - deyishar erdi», - dedilar».
Dostları ilə paylaş: