9-bob. Zino qilmoqdan qo‘rqqan kishining ro‘za tutmoqligi haqida Alqama rivoyatqiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga
ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan
birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim
uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa
qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim
ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan rag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar».
10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ramazon oyida yangi oy chiqqach (ko‘ringach), ro‘za tutingiz, Shavvol oyida yangi oy chiqqach, ro‘za tutishni bas qilingiz!» deganlari haqida Sila raziyallohu anhu: «Kimki shak kuni ro‘za tutsa, Abu-l-Qosim (Janob Rasulullohni
shunday deb ham atashar erdi) sallallohu alayhi va sallam oldilarida osiy bo‘libdir!» -
deganlar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam Ramazon haqida bunday deganlar: «Ramazon oyida yangi oy chiqqanini
ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmangiz, Shavvol oyida ham yangi oy chiqqanini
ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmoqni to‘xtatmangiz. Agar bulut oyni to‘sib turgan bo‘lsa,
Sha’bon va Ramazon oylarini to‘liq o‘ttiz kun, deb hisoblangiz».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam bunday deydirlar: «Sha’bon oyi yigirma to‘qqiz kun, lekin Ramazonda yangi oy
chiqmaguncha ro‘za tutmangiz, agar bulut oyni to‘sgan bo‘lsa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun
qilib to‘ldirib, keyin ro‘za tutishni boshlangkz».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam «Tepamizda turgan oy», deb ko‘rsatdilar-da, mana bunday, mana bunday qilib,
ikki muborak qo‘llarining barmoqlarini yozib, ikki bor ishora qildilar, bu ersa yigirma
sonini bildirg‘aydir. Keyin, boshmoldoqlarini tik qilib, ikkinchi qo‘llarining kafti birlan uni
olib tashlagandek harakat qildilar, bu ersa, to‘qqizni bildirg‘aydir, jami yigirma to‘qqiz
bo‘lur».
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar (Shariatda bunday
qasam bor, uning nomi «iylo» deyilur). Yigirma to‘qqiz kun o‘tgandan so‘ng, ayollari
oldiga kirdilar. Shunda, ul kishidan: «Siz bir oy kirmag‘ayman, deb qasam ichgan
erdingiz-ku!» - deb so‘raganimda, «Tepamizdagi oy yigirma to‘qqiz kundir»,- dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z
ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar, o‘sha paytda muborak oyoqlari
chiqqan erdi. Bir xonada yigirma to‘qqiz kun turdilar, so‘ng xonadan chiqib, ayollari
oldilariga kirganlarida, «Yo Rasululloh, bir oy yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichgan
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
378
erdingiz-ku!» — deb aytishdi. Shunda, Rasululloh: «Bu oy yigirma to‘qqiz kundir»,—
dedilar».