Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
390
«Agar siz bu taomdan yemasangiz, men ham yemasmen»,- dedilar, Abuddardo’ nochor
yedilar. Kechasi Abuddardo’ uyqudan uyg‘onib, ibodat qilmoqchi bo‘lib erdilar, Salmon:
«Yotingiz!»- dedilar,
u kishi yotdilar, bir ozdan keyin yana turmoqchi bo‘lib edilar, yana:
«Yotingiz!»-dedilar, u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi
turingiz!» -dedilar-da, o‘zlari ham turib, birgalashib namoz o‘qidilar. So‘ng, Salmon
Abuddardo’ga: «Sizda
rabbingizning ham, o‘zingizning ham, oilangizning ham haqqi
bordir, sizning ularning birortasining ham haqqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo‘qdir!»
- dedilar. Keyin, Abuddardo’ bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul kishi:
«Salmon to‘g‘ri aytibdir»,- dedilar».
51-bob. Sha’bon oyida ro‘za tutmoq haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘zani
shunchalik maromiga yetkazib tutar erdilarki, biz hatto ul kishi har doim ro‘za bo‘lsalar
kerak, derdik. Ro‘za tutmagan paytlarida ersa, endi sira ham ro‘za
tutmasalar kerak,
deb o‘ylardik. Janob Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq ro‘za
tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda ham to‘liq ro‘za tutganlarini
ko‘rmaganman».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Sha’bon
oyidan boshqa oylarda ko‘p ro‘za tutmas erdilar, chunki Sha’bon oyida to‘liq ro‘za
tutar
erdilar. Janob Rasululloh: «Qurbingiz yetadirgan ishni qilingiz, sizlarga malol kelmasa,
Ollohga ham malol kelmag‘aydir»,- der erdilar. Rasululloh qisqa bo‘lsa ham,
kanda
qilmay namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Agar nafl namoz o‘qimakni odat qilgan
bo‘lsalar, uni ham kanda qilmay o‘qir erdilar».
Dostları ilə paylaş: