Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
AYRILMAS 
Yo haq!. - deb yo‘l olsa manzilga karvon
Yo‘l boshlagan cho‘ng noridan ayrilmas. 
Oshiqlar ko‘nglidan kechar ming armon, 
Bir armoni - dildoridan ayrilmas. 
Nelarni ko‘rmagay insonning boshi
Bejiz aytmaganlar: “U soyning toshi”. 
Donolar, bir joyga yetsa ham yoshi, 
Piri bergan tumoridan ayrilmas. 
Qachon dong chiqarmish, axir, yolg‘iz ot, 
Farzand oqil bo‘lsa - padarga qanot. 
Yigitga duch kelsa Hayot yo Mamot, 
Do‘stlarining diydoridan ayrilmas. 
Demishlar: .So‘qir ham ko‘rgay yorqin tush.. 
Ozod davron surmoq har narsadan xush. 
Qafasga gar tushsa uchib yurgan qush
Erkinlikning xumoridan ayrilmas. 
Xor bo‘lmas, ajdodin kimki yod etgan, 
O’tgan azizlarning ruhin shod etgan. 
Avlodlar taqdirin o‘ylab dod etgan
Ota-bobo mozoridan ayrilmas. 
Har kim bilganicha chertgay sozini, 
Moli toza odam qilgay nozini. 
Mard kishi ko‘p degay hatto ozini
Rizqin topgan bozoridan ayrilmas. 
Peshvosi bor yurtning butundir baxti 
Aslo xazon bo‘lmas ekkan daraxti. 
Har kimga buyursin o‘z toju taxti
Nomusli el shunqoridan ayrilmas. 
Bir yonda turkmanim, qirg‘iz, qozog‘im 
Orolga termulgan qoraqalpog‘im, 
O’zbegim, tojigim - ko‘zim-qarog‘im 
Jam bo‘lganda qatoridan ayrilmas. 
Ayrilsa ayrilgay tog‘lar qoridan, 
Ayrilgay behimmat boy ham boridan
Vafosiz ayrilgay do‘stu yoridan, 
Shoir xalqi ash’oridan ayrilmas. 
Qo‘lga qalam oldim qutlug‘ bir kuni, 
Mahtumquli she’rin bo‘lib maftuni. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Agar kuylar bo‘lsa Abdullo uni, 
Bir umrga sho‘x toridan ayrilmas. 
1996 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin