Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab
Shayton qoldi, deya chuqurda-chohda. 
Manzilga qaytgandik, Shayton, vo ajab, 
Bizni kutib oldi tayyoragohda. 
Makka - Madina - Toshkent 
1992 yil 25 may.16 iyun 
  
HIKMAT SADOLARI 
IBODAT 
Dunyodan roziman dema hech qachon
Desang ham, so‘ylagil sahroga, toqqa. 
Chunki seni tinglab, kimdir o‘sha on. 
Nega rozisan, deb tutgay so‘roqqa. 
Dunyodan norizo bo‘lsang ham agar, 
So‘z dema, bardosh qil azob, firoqqa. 
Chunki seni tinglab, kimlardir batta 
Nega, deb albatta, tutgay so‘roqqa. 
Dunyo ishlariga boqma hech hayron, 
Jimgina nazar sol ko‘hna bu korga. 
Olis kechalari yolg‘iz qolgan on
Dilingni och faqat Parvardigorga. 
JABROIL 
Ul kuni Muhammad - xoksor banda, 
Alloh nazariga bo‘lgandi noil. 
Sokin hujrasida o‘ychan turganda 
Tushdi huzuriga Hazrat Jabroil. 
Avval Muhammadning ko‘ksini yorib, 
Shaytoniy hislarni yulib tashladi. 
So‘ng Iymon nuriga hikmatni qorib, 
Muhammad ko‘ksiga joylay boshladi. 
Dedi: - Qalq o‘rningdan endi, Muhammad 
Rasulsan, yo‘l ko‘rsat jami insonga. 
Noqis aqllarni hikmatga qarat, 
Boshla osiylarni dinga iymonga. 
“QUM FA ANZIR!” 
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et
Yota berma misoli tanbal. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, 
Zimmangga ol kurashni dangal. 
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, 
Oldindadir hali mashaqqat. 
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, 
O’tda yongay mushriklar albat. 
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, 
Ayt, mo‘minlar bo‘lsinlar qoim. 
Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, 
Ulug‘lagin Rabbingni doim. 
HORDIQ 
Arab sahrosida yo‘l yurib karvon
Topdi bir manzilda qo‘nim va qaror. 
Horg‘in Rasululloh - ozurda ul jon, 
Hordiq chiqarmoqni qildi ixtiyor. 
To‘shaksiz, taqirda yotdi yonboshlab, 
Bamisli ochundan ko‘ngli qolgan qul. 
Keldi sahobalar ko‘zlarin yoshlab: 
- Hech qursa bo‘yrada yotingiz, Rasul. 
Rasululloh dedi: - O’ylamang, aslo 
Fanodan men rohat kutayotirman. 
Bu dunyo daraxtning soyasi go‘yo, 
Men undan ot minib o‘tayotirman. 
RO’ZA 
Ramazon oyida, hayit chog‘ida, 
Sumalak pishirdi ahli musulmon. 
Unni qovurdilar zaytun yog‘ida, 
Halim tayyorladi - kimda bor imkon. 
Bahor keldi mana, qishdan chiqoldik, 
Tergan rizq-ro‘ziga, ne’matga sharaf. 
Tog‘dayin zahmatni axir yiqoldik, 
Tabiatga sharaf, himmatga sharaf. 
Ro‘zadan chiqqanlar, sizga ham rahmat 
Qarzingiz sinovli saodat erur. 
Rasululloh demish: - Sabr qil, ummat, 
Mo‘minlik belgisi qanoat erur. 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin