Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


HAJ  Saylanma. Abdulla Oripov      www.ziyouz.com



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

HAJ 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Necha cho‘llar oshib, daryolar oshib, 
Bir kun kirib keldi Makkaga karvon 
Dengizga yetishgan jilg‘adek shoshib, 
Ummatlar yo‘l oldi Ka’baga tomon. 
Ularning barchasi mo‘ysafid edi, 
Asoga tayangan nuroniy boshlar. 
Kimdir hayrat bilan ularga dedi: 
- Hajga kelmaydimi sizlarning yoshlar. 
Ummatlar deyishdi: - Haq yo‘li mushk 
Aziyat chekkan-ku Payg‘ambarimiz. 
Qutlug‘ bu safarga olgan chog‘i yo‘l, 
Yosh-yosh yigit edik bizning barimiz. 
HAZRATI ODAM 
Joylari osmonda bo‘lsa ham magar 
Hazrati Odamga qiyindir g‘oyat. 
O’ng yonga boqqanda ruhlari yayrar, 
Chap yonga boqqanda o‘rtanar faqat. 
Bir tomon jannatning fusunkor bog‘i, 
U - rohat go‘shasi, yam-yashil makon. 
Bir tomon do‘zaxdir, yo‘qdir adog‘i. 
U yerda abadiy azob va fig‘on. 
Quvnar, o‘ngga boqib Hazrati Odam
Chap yonga boqqanda oshar nolasi. 
Bir nasli jannatga noil bo‘lsa ham, 
Do‘zaxda yonmoqda bitta bolasi. 
INSON 
Oldiga kelganni qaytarmay yemoq 
Aslida, aqli yo‘q hayvonning ishi. 
Og‘izga kelganni qaytarmay demoq 
Noqisu befahm, nodonning ishi. 
Tavajjuh ayladi Tangri taolo
Muqaddas sanaldi Inson degan nom. 
Insonni e’tirof etmagan asno 
Iblis ham quvildi Arshdan batamom. 
Ko‘zingning o‘ngida o‘sgandek ekan, 
Rabbim ham ogohdir har zum, har ishda 
Ro‘zayu parhezda muddat bor, lekin 
Hamisha hazar qil harom-harishdan. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin