Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
95
Hol so‘rab dadangdan,
tuqqan onangdan,
O’zingga maktub yoz borgan joyingdan.
Dema, ko‘tarildi mehru oqibat,
Buning chorasi bor, izla, top faqat.
Tug‘ilgan
kuningni balki bilarsan,
O’zingga nimadir sovg‘a qilarsan.
Nogoh tushib qolsang kasalxonaga,
Ko‘z tikkil na do‘stu na begonaga.
Mushrik bandalaring nahot oz senga,
Nechun zarur bo‘ldi lo‘ttiboz senga.
Uning
ham odamdek bor yuzi, ko‘zi,
Lekin aldab ketar kuppa-kunduzi.
Manfaat bo‘lsa bas, qaytmas balodan,
Quruq chiqa berar cho‘ksa, daryodan.
Uning do‘ppisini bunga kiygizar,
Qisir sigirni ham hatto iygizar.
Uning jinsi yo‘qdir, yo‘qdir millati,
Umumbashariydir, ya’ni illati.
Qaraysan, bir go‘zal turar,
aylab noz,
Botiniga boqsang, afsus, lo‘ttiboz.
Mana bu janob-chi, jilmayar mamnun,
Aslida libosga o‘ralgan maymun.
Rizqing but bo‘lsin
deb chekkandim nola,
Qay kun aldab ketdi bir cho‘loq bola.
Lo‘ttiboz oshnodir ishi bitguncha,
Eshagi kechuvdan toki o‘tguncha.
Iloho, olamda o‘zingsan eng sof,
Bergil ularga ham diyonat, insof.
Qancha
sinoving bor, solgin boshimga,
Ularni yuborma hargiz qoshimga.
Mayli, do‘zaxingda qiyna, o‘tda yoq,
Meni lo‘ttibozga duch qilma biroq.
1993
Dostları ilə paylaş: