Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Qirq yil ko‘taribman Insonni ko‘kka
Ishonib, hazrat deb, yo‘limdan ozib.
O’zingiz kim deya so‘rarsan axir,
O’sha nokomilning men ham biriman.
Tangrining yaratgan bandasi - faqir
Boshqalar osmonu, men-chi, yeriman.
Balki
koinotning biror burjida,
Bizdek nochorlarga bordir mos makon
Lekin unga yetish qiyindir juda,
Buni tark etmoq ham emasdir oson.
Nachora, Insonni ko‘tarib ko‘kka,
U kabi yashashni bila bilmadim.
Yovuzlik qo‘limdan kelmadi, uka,
Birovga yomonlik qila bilmadim.
1997
FAZOGIR SOLIJON
Nyu-York. Amerikaning “Indevor” kosmik kemasi Floridadagi “Mise kanaveral”
kosmodromidan osmonga uvaffaqiyatli ko‘tarildi... Ushbu kema ekipaji a’zolari orasida
Qirg‘izistonda tug‘ilgan o‘zbek millatiga mansub Solijon Sharipov ham bor. (O’zA
xabaridan)
Osmonda bir o‘zbek uchib yuribdi,
Fazogir Solijon, gapning sirasi.
Yulduzlar
vasliga boqib turibdi
Mirzo Ulug‘bekning chin nabirasi.
Turkiy dunyomizga yana bitta zeb,
Solijon samoni ko‘rgali ketdi.
Bobom yulduzlari joyidami, deb
Ularning holini so‘rgali ketdi.
1998 yil, yanvar
TOYCHOQ
Jeneva ko‘lining sohilida shan,
Toyning haykalchasi tovlanar
har choq
Do‘rmon bog‘larining etaklaridan,
Qanday kelib qolding bu yerga, toychoq
Hordiqqami desam, hali yoshsan-ku,
Hali charchamagan asablaring ham.
Toshkent o‘tloqlari
emasmi inju,
Senga Jenevada nima bor, oshnam?!
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
126
Toychoq kishnab deydi: - Mana shu ko‘
Sig‘may qoldingizmi siz ham u yoqqa.
Akangning holidan xabardor bo‘l, deb,
Jo‘natib yubordi yangam bu yoqqa...
1998
JAHONGASHTA
Bir kun so‘radilar jahongashtadan:
- Aytgil, bir yurakka olam siqqaymi
Yoki yo‘qmi senda turar joy, vatan,
Sang‘ib yurmoqlikdan shoxing chiqqaymi?
U dedi: toqatim yo‘qdir firoqqa,
Men asli muhabbat uchun yarayman.
Faqat
gohi-gohi ketib yiroqqa
Yurtni dast ko‘tarib, to‘yib qarayman
1998
FIDOYI
Sochilib yotadi oltin va gavhar
Tog‘larning qa’rida yo qumloq soyda.
Kimdir zahmat chekib yig‘masa agar,
U pinhon boylikdan, ayting, ne foyda.
Bedov ot kezadi cho‘llarda yaydoq,
Falakka yetgudek shaxdi, shiddati.
Yovqur bir chavandoz bo‘lmasa
biroq
Ayting, chiqarmidi dong‘i, shuhrati.
Asriy jumboqni ham bir fozil yechgay,
Darg‘asiz kemaning suzmog‘i gumon.
Kimdir halovatu uyqudan kechgay.
Shundan Vatani tinch, xalqi ham omon.
Fidoyi Insonlar: balki rahnamo,
Balki oddiy zotdir - har qayda bordir.
Ular unutgaylar o‘zin doimo,
Chunki qo‘llovchisi Parvardigordir.
Bor bo‘l, ezgulikka baxshida hayot,
Zahmating tufayli yetding niyatga.
Shohmisan,
fuqaro - endi umrbod
Daxldor bo‘lding sen abadiyatga.
1998 yil, yanvar
Dostları ilə paylaş: