Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
Odamlar yo‘lida xarsangtoshday zil,
Erta-kech ko‘ndalang yotishdan saqlan.
Fursating o‘tdimi - maqomingni bil
Bekatda o‘tirgich bo‘lgil, masalan.
Agar o‘qimasa she’ringni birov,
Malomat qilmog‘ing, albatta, g‘alat.
Yaxshisi, do‘konni
yopgin-da darrov,
Zehningni o‘zga bir yumushga qarat.
Boshqa fojiadan asrasin ammo,
Hech kim duch kelmasin unga daf’atan.
Sendan elu yurting tonmasin aslo,
Sendan o‘girmasin yuzini Vatan.
Unday choq,
buzsang ham dodlab jahonni
Hech kim hayron bo‘lmas, hech kim qolmas lol
Agar topa olsang bir gaz arqonni,
O’zingni osa ber endi bemalol.
1996
O’GIT
Bolangni o‘g‘rilar tunabdi yo‘lda,
Lekin uh tortasan, ichingda nolang.
Deysan, o‘g‘lim, sen ham dadilroq bo‘l-da,
Biroq, tanbehingni eshitmas bolang.
U deydi:
- Bormi hech dunyoda insof,
Yo‘limni to‘sdilar, kuppa-kunduzi.
Bolam, sen hozircha shabnam kabi sof,
Ayni farishtaning o‘zisan, o‘zi.
Nega? - deb atrofga boqasan hayron,
Ilk bor duch kelibsan bunday baloga.
Mening
gaplarimni tinglagin obdon,
O’g‘lim, ishonma hech noqis dunyoga.
Duch kelgan kimsani pokdomon bilib,
Hargiz diling ochma, bo‘lmagil yo‘ldosh.
Insonlar
uchraydi, bir ko‘zi kulib,
Ikkinchi ko‘zida tayyor turgay yosh.
Insonlar uchraydi, taomingni yeb,
Toptab keta berar dasturxoningni.
Chumoli
qadarli manfaatin deb,
Chumolicha ko‘rmas sening joningni.
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
122
Insonlar uchraydi, ko‘kda
oyni ham
O’zining mulki deb bilgaydir faqat.
Sening quvonchlaring ularga alam,
Sening zarra baxting ularga kulfat.
U payt qulog‘ingga aytguncha azon
Ogoh etmasmidim buning baridan.
Ishonch degan bir so‘z o‘chdi nogahon.
O’spirin umringning sardaftaridan.
O’g‘lim,
odamiylik azizdir garchand,
Yostig‘ing ostida tursin yarog‘ing.
Dunyo har qadamda bergay senga pand,
Aslo mudramagay ikki qarog‘ing.
Ezgulik yo‘lida ko‘pdir muammo,
Undan qutulmoqning yo‘li bul ekan:
Insonga yo‘liqsang inson bo‘l, ammo
Hayvon yo‘liqqanda Hayvon bo‘l ekan.
1996
BOSHMANBULOQQA
Boshmanbuloq, Boshmanbuloq,
Senga ko‘zu qoshman, buloq.
Suvingdan
bir qonib ichdim,
Endi mangu yoshman, buloq.
1996
Dostları ilə paylaş: