Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


(Turkum)  XALQARO ANJUMAN



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

(Turkum) 
XALQARO ANJUMAN 
Mana, o‘tsa hamki necha zamonlar
Bu yerda yig‘ilar siyosatdonlar. 
Afriqolik habash, bolqonlik bulg‘or, 
O’risu Rumo Chin - bunda bari bor. 
Biri muslim bo‘lsa, biri butparast, 
Biri nasoron-u, biri o‘tparast. 
Biri tund, birovin nazari issiq, 
Biri menga o‘xshar - ko‘zlari qisiq. 
Sariyga o‘ralgan birin sumbati, 
Birovin boshida tustovuq pati. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
Turfa tillar bunda boshlasa bozor
Xudodan boshqaning farqlashi dushvo 
Bu yerda o‘tgaydir na pul, na savlat, 
Bu yerda o‘z so‘zin aytar har davlat. 
Notiqlar va’zlarin toki boshlaydi, 
Muhtasham gaplarni qalab tashlaydi. 
Goho qay birovi qizishgani dam, 
Sipqoraman deydi ummonlarni ham. 
Tunu kun bahs qilib bo‘ylashar ular, 
Dunyoning taqdirin o‘ylashar ular. 
Qo‘shni fin so‘raydi sekin, aylab noz: 
Janob, Siz kim uchun bergaysiz ovoz? 
Men ham esnayman-u, ko‘krak keraman: 
O’zbekiston uchun ovoz beraman! 
1996 
JENEVA 
Jeneva, 
Jeneva, 
Necha kunlarim 
Sening iliqqina bag‘ringda o‘tdi. 
Tashvishli damlarni yurak unutdi
Moviy bo‘shliqlarga singdi unlarim. 
Zangori ko‘l uzra chayqalar oqqush, 
Mayin patlariga to‘lqin yuqmaydi. 
Yiroqda Monblan tog‘i uxlaydi, 
Oppoq qor choyshabin tagida behush. 
Yashil maysazorning ipak qatiga 
Ninachi shabnamdan qadaydi durlar. 
Quyuq daralarda potrar qarqurlar, 
Jar solib tevarak, mamlakatiga. 
Cho‘qqilar ortidan o‘rmalar bulut, 
Birdan tinib qolar o‘tloqdagi toy. 
Shivalab o‘tadi yomg‘ir, hoynahoy, 
Borliqqa cho‘kadi novvotrang sukut. 
Jeneva tin olar ma’sum va yovvosh, 
Billur tomchilarda nozik yaltirar. 
Zum o‘tmay yana sho‘x barglar qaltirar
Yana ko‘rinadi jilmaygan quyosh. 
Jeneva, 
Jeneva 
Ilhom yulduzi, 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Seni tushlarimda balki ko‘rgayman. 
Balki uzoq yillar eslab yurgayman, 
Seni - Yevropaning dilovar qizi... 
1996 
MUXBIRLAR 
Odam ko‘kka uchdi, 
Quchdi ummonni. 
Yetdi poyoniga kurash, ur-surlar. 
Gij-gijlatib qo‘yib telba jahonni, 
Bu kun minbarlarga chiqdi muxbirlar. 
Aziz kasbdoshlarim, 
G’alat qavm bu, 
Jonining qadrini bilmaydigan kas. 
Qaydadir ko‘rinsa yilt etgan mavzu
Och-nahor, piyoda keta berar, bas. 
To‘plar gumburlaydi, 
O’rlaydi olov. 
Yuksak qasrlar ham qulaydi bir-bir. 
Butkul mamlakatlar yonadi lov-lov, 
U esa tirikdir, o‘q o‘tmas, dovdir. 
Garchi ko‘rinishdan yuvvosh va g‘arib, 
Lekin tahlikaga solar har so‘zi. 
Shahardan hammani quvlab chiqarib, 
Bo‘m-bo‘sh ko‘chalarda kezar bir o‘zi. 
Yagona quroli qog‘oz va qalam
O’ylar u na bugun, na ertasini. 
Haqiqat yo‘lida so‘nggi damda ham 
O’lar, esga olib gazetasini. 
1996 
SOG‘INISH 
U uzoq joylarga qilmasdi safar, 
To‘kmang derdi ko‘zdan jolalarimni. 
Derdi: Bir kungina ko‘rmasam agar 
Sog‘inib qolaman bolalarimni. 
Bedavo bir dardga chalindi sho‘rlik, 
Dedi: Endi qaytib turmasam kerak. 
Bo‘g‘ziga tiqilib kelsa ham xo‘rlik, 
Bariga chidadi, bosiq va tiyrik. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
Ketar chog‘ida ham yo‘qlikka tomon, 
U taqdir hukmiga mardona ko‘ndi. 
Faqatgina dedi: - Qiynar bir armon 
Meni bolalarim sog‘inar endi... 
1996 
OQ YO’L 
Do‘stim Maralga 
Sayroqi qushlarning tindi navosi
Anvoyi gullar ham so‘ldi bog‘imda. 
Bu g‘urbat kunlarning bormi adosi, 
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
Olis adirlarda tumanmi, tutun, 
Tegramni zulumot qoplamish butun. 
Meni halok etar bu savdo bir kun, 
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
Hech kim hasratimga quloq solmadi, 
Ruhimni biror zot anglay olmadi. 
Bunda qiladigan ishim qolmadi, 
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
Qog‘ozim qoraydi dildagi zordan, 
Bugun ayri tushdim do‘st ila yordan. 
Faqat bir ilinjim sen - Biru Bordan
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
Mayli, samolarga meni elta qol, 
Yumushing bajaray qaddim egib dol. 
Sening huzuringda yo‘q axir zavol, 
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
Mana, oqshom cho‘kdi. Bo‘zarmoqda oy, 
Boshlanur yulduzlar bazmi hoynahoy. 
Menga ham baxsh etgil tumorchalik joy, 
Allohim, oq yo‘l ber, ketar chog‘imda. 
1996 
SUHBAT 
Odam odam bilan uchrashgan asno 
Dunyoda eng yaxshi vosita - suhbat. 
Ba’zi birov bilan so‘zlashsang, ammo 
Aralashib qolar oraga g‘iybat. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Sizdan o‘tinaman, ey, do‘sti yoron, 
Diydorning g‘animat gashtin suraylik 
Mayli, har qanchalik bo‘lsa ham yolg‘on 
Faqat ezgulikdan suhbat quraylik. 
1996 
KULMANG... 
Och odamning ustidan kulmang
Yetishmasa ishga qurbati. 
Xunukkina qizlarni siylang, 
Go‘zal bo‘lar ular siyrati. 
Birovlarning haqqin yeganni 
Dasturxonga yo‘lata ko‘rmang. 
Rostni ko‘rib, yolg‘on deganning 
Kosasini to‘lata ko‘rmang. 
1996 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin