Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

SHOIRNING O’G‘LI 
Deysan, molu mulk yo‘q sizda ziyoda
Holbuki, shoirsiz, Vatanda nomdor. 
Oh, o‘g‘lim, bu ko‘hna, bir kam dunyoda
Kimdir kamtarroq ham yashashi darkor. 
Nomimiz eshitsa kimdir uchungay, 
Arziydi badavlat, tug‘liman desang. 
Balki, do‘stlaring ham to‘g‘ri tushungay, 
Abdulla Orifning o‘g‘liman desang. 
1995 
BARAKAGA TO’LSIN UYINGIZ 
Onalar, opalar, singillar
Muborak bo‘lsin bu to‘yingiz. 
O’zbekcha aytganda, har doim 
Barakaga to‘lsin uyingiz. 
Onalar, opalar, singillar, 
Shodlikka jo‘r bo‘lsin kuyingiz. 
Faqat bolalarning baxtini o‘ylab, 
Kechar bo‘lsin ezgu o‘yingiz. 
Onalar, opalar, singillar, 
Hayotning shavqini tuyingiz. 
Vatanni jondan ham ortiqroq
Allohim qadarli suyingiz. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin