Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
Onalar, opalar, singillar
She’rimni faxrga yo‘yingiz. 
Bir do‘stim degandi so‘nggi dam, 
Onamning yoniga qo‘yingiz... 
1996 
KO’ZMUNCHOQ 
Men ellik beshdaman, 
Otam besh yoshda. 
Bu ajib holatni chiston etgulik. 
Mening umrim kechar tuproqda, toshda. 
Otamning dovrug‘i ko‘kka yetgulik. 
Istiqlol beshigi, o, Ota makon, 
Har bir qadamingga sadaqa jonlar. 
Lahzada kuch yig‘ding Alpomishsimon, 
Yaloving bo‘loldi moviy osmonlar. 
Yerparchin yotganda tilim - zabonim
Yuksal, deding menga, sayragin, deding. 
Oyoqqa qalqqanda Sohibqironim, 
Yov bossa, tig‘ingni qayragin, deding. 
Ko‘zingga surt deding, faromush bo‘lgan 
Tabarruk, muqaddas mozorlarimni. 
Bir zotga aylandim - tolei kulgan
Ketkazding dildagi ozorlarimni. 
Hasad bilan to‘lgan bu ko‘hna ochun 
Senga ham suq bilan tikilar, bilsang. 
Seni balolardan asramoq uchun 
Beray ko‘zlarimni, ko‘zmunchoq qilsang. 
Endi erk abadiy yo‘ldoshing bo‘lgay, 
Noming bor jahonda - do‘stparvar, hotam. 
Iymonli har bir kas yo‘ldoshing bo‘lgay, 
Ey, mening besh yoshli Pahlavon otam! 
1996 
TAFSIR 
Tuzumlar o‘zgarsa ham, 
Inson o‘zgarmas ekan. 
Tizimlar o‘zgarsa ham 
Inson o‘zgarmas ekan. 
Jaholat davrida ham 
Avliyo - avliyodir. 
Kaforat davrida ham 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin