Umrim kunlari



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#199929
  1   2   3   4
SHE\'\'RLAR


UMRIM KUNLARI.

O’tmoqda umrimning sensizonlari,


Bunday yashamoqqa ko’nikolmadim.
Men bilan tunlariko’z yoshim qoldi,
Azob bergan kunlaringni unutolmadim.
Sen baxtli olisda o’z yoring bilan,
Men esa baxtsizman yolg’iz bir o’zim.
Sen kabi vijdonsiz bo’la olmadim,
Boshqasin tanlashga yetmadi ko’zim.
Sezasan ichimdan yonayotganim,
Lek jimsan,bir bora yo’qlayolmaysan.
Yoringning ovozi rom etib seni,
Endi u deb tunlari uxlayolmaysan.
Men-chi, men ham sendek uxlayolmayman,
Farqimiz sen baxtdan, men esa darddan.
Burchakka tiqilib yig’layman faqat,
Nafratla yashayman o’tgan har vaqtdan.
Quyoshim der eding erkalab har dam,
Kechir osmoningda porlay olmadim.
Alamlar zaqqumlar yutdim har lahza,
Lekin go’zal onlarni chorlay olmadim.
Ne uchun azoblar men bilan doim?
Ko’tarish chun sira yetmas bardoshim.
Yashirdim onamdan,yaqinlarimdan.
Faqat Olloh ko’rdi to’kkan ko’z yoshim.
Isming tillarimdan tushmas erta-kech,
Yasharsan nola-yu urfonlarimda.
Faqat seni deya unutdim o’zni.
So’radim bomdod-u xuftonlarimda.
SEN ISTAR YO’LLARDAN YURMAYMAN ENDI
Tabassumim malol keldi sen uchun,
Quyoshday charaqlab kulmayman endi.
Endi men o’zgardim ishon, azizim,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Izlab ovvoralar bo’lma meni deb,
Xatto tushlaringga kirmayman endi.
Kutma kechirimlar so’rashimni deb,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Hamma orzularim sen bilan edi,
Seni deya xayol surmayman endi.
Adashasan bir kun qaytar o’zi deb,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Ko’zingga tik boqib bir so’z demasdim,
Sukutla qarshingda turmayman endi.
Ko’rsatgan ko’changning so’ngi yo’q ekan,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Menga deb yaratgan xazon bog’ingga,
Eslash chun bir bora kirmayman endi.
Tikanli gullaring o’zingga siylov,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Ko’rsatmayman aslo ko’zda yoshimni,
Yomg’irga qo’shilib yig’layman endi.
Yuragim sen tomon talpinsa hamki,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.
Xatoyim ishqingda yonganim bo’ldi,
Muhabbat deb bonglar urmayman endi.
Bechora sevgimni qabrga ko’mdim,
Sen istar yo’llardan yurmayman endi.


Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin