Umrim kunlari



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#199929
1   2   3   4
SHE\'\'RLAR

YIG’LAMOQCHIMAN
Sensiz orzularim begona böldi
Kuz bölsada bahorni yöqlamoqchiman
Qölimdan kelmadi jimgina uxlash
Bu kecha tonggacha yiğlamoqchiman

Köz yoshla suğorib kipriklarimni


Yasadim armondan köpriklarimni
Qalbimga köchirib kemtiklarimni
Bu oqshom tonggacha yiğlamoqchiman

Özimni kechirmay yondirib dilni


Ötishini kutib har bitta tunni
Ming azobga qöyib murğak köngilni
Bu kecha tonggacha yiğlamoqchiman.

Közimning öngida közing qorasi


Bunchalik tor ikkita eshik orasi
Közimning yoshlari qalbim porasi
Bu kecha tonggacha yiğlamoqchiman

Yozmoqqa ojizdir qalam va qogʻoz


Yozolmay könglimni tiğlamoqchiman
Xattoki böğzimdan chiqarmay ovoz
Bu kecha tonggacha yiğlamoqchiman
Singlim.

Ming bitta döstimdan afzalim özing


Onamga öxshaydi qoshingu közing
Dardlarimga malham aytgan har sözing
Sözlashsam hamisha yorishar könglim
Baxtimga omon boʻl yagona singlim

Yiğlasam meni deb kuyunganimsan


Har safar körganda suyunganimsan
Yelkangga bosh qoʻyib ovunganimsan
Seni taʼriflashga ojiz bu tilim
Jonimga jondoshim mehribon singlim

Pokiza qalbingda yashar sof tilak


Senga begonadur ğarazli istak
Bormikan sen kabi beğubor yurak
Sen bilan nurafshon bosgan har yölim
Baxting tökis bölsin oqila singlim

Oshiqasan dadam Farzonam desa


Erkalab malikam bir donam desa
Suyunasan handon gar onam desa
Sen ila yorishar bilsang bu dilim
Qalbimga charoğbon beğubor singlim.
MUSLIMA QIZLAR
Sabrdan koshona qurgan qalbiga
Yolğiz Olloh guvoh ular dardiga
Taqvo va riyoning borgan farqiga
Römoliga sodiq muslima qizlar.

Tonglari bomdodla xayrli otar


Achchiq sözlar nozik qalbiga botar
Tunda Qur'onini quchoqlab yotar
Römoliga sodiq muslima qizlar.

Fotima onamdek mehribon köngli


Tanlagan manzili jannatning yöli
Namozlarda faqat duoda qöli
Römoliga sodiq muslima qizlar.

Bölishni istamas Shirinbonudek


Va yoki kanizi Mehnbonudek
Köplarin bilaman Laylobonudek
Römoliga sodiq muslima qizlar.

Közlarida quvonch qalbida mehr


Sira qörqitolmas ularni qabr
Yorlari Majnunmas bilingki sabr
Römoliga sodiq muslima qizlar.
Sochlarin rangini köra olmaysiz
Uzunmi, kaltami bila olmaysiz
Qalbidagin taxmin qila olmaysiz
Römoliga sodiq muslima qizlar .
Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin