Umrim kunlari



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#199929
1   2   3   4
SHE\'\'RLAR

BOLALIGIM.
Bolaligim – gulgun damim,
Qaytmas davrim sho’xligisan.
Beg’uborlik yashar senda,
Sen – gunohning yo’qligisan.

Qani o’shal kapalaklar


Tutqich bermay uchganlari?
Bog’- rog’larni gir aylanib,
Samolarni quchganlari.

Yodmdadir eski hovli,


Buvim aytgan ertaklari.
Sen yozimsan, bahorimsan,
Ham orzular kurtaklari.

Qaytib kelsang qani edi,


Bo’zladimku panohsiz.
Bir umrga qolib senda,
Yashar edim gunohsiz.

Totli onlar hamroq bo’lib


G’am-g’ussalar yo’q edi.
Bolaligim – poshsholigim,
Sendan ko’nglim to’q edi.

Rostin aytsam sog’indim,


Hatto o’yinchog’imni.
Yig’lasam gar ovutgan ,
O’shal ovunchog’imni.

Eslayapman betinim,


Borsam yelib kutsayding.
Xuddi o’tgan kunlar kabi,
Yig’lasam ovutsayding.

Shamol kabi yelding olis,


Daryo misol shoshasan.
Hayotimdan ketsang hamki,
She’rlarimda yashaysan.

Umrim hadya etay bugun


Men qoqilgan yo’llaringga.
Bolaligim rozi bo’lgin ,
Menga bergan yillaringga.

Sensan mening nurli onim,


Hayotimning ko’hligisan.
Pok orzular qoldi senda,
Sen gunohim yo’qligisan.

SIZ BILMAYSIZ.
Nega buncha kulasan deb so’rmang mendan,
Kulgularim sizga ozor bergani yo’q.
G’amlarimni tabassumla yengayapman,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Aytolmayman ichimdagi alamlarim,


Mendan tonib yozmay qo’ydi qalamlarim,
Lekin o’ylab bosayapman qadamlarim,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Loyqa dardim tinib oqar ko’z yoshimdan,


So’rang buni osmondagi sirdoshimdan,
Xabariz yo’q ko’ksimdagi bardoshimdan,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Havasim bor ko’kda yongan yulduzlarga,


Kechalar hech yetisholmas kunduzlarga,
G’arq bo’lsaydim kemalardek dengizlarga,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Chidadim ko’p og’ir botsa tuxmatlari,


Tugamaydi qilayotgan g’iybatlari,
Kelmasmikan Xudoyimning qahatlari,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Agar o’lsam tobutlarim xor bo’lmasin,


Qabrim qurib bitta gulag zor bo’lmasin,
Ismim o’lsin ammo she’rlarim o’lmasin,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Qo’yib bering shu kecha tinch yotay menam,


Ufqqa qo’ngan quyosh misol botay menam,
Tushlarimda manzilimga yetay menam,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Faqat jonim o’rtar achchiq azoblari,


Menga sochar kelib qolsa g’azablari,
Aytolmayman honishimning sabablari,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Go’dak kabi yotolsaydim belanchakka,


Ucholsaydim yoshlikdagi halinchakka,
Aylanibman ertakdagi muz yurakka,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.

Orzularim osmon ammo ro’yobi yo’q,


Yukim tushmas bo’lsin sizning ko’nglingiz to’q,
Ko’zim kulib, yuragimni yondirdi cho’g’,
Siz bilmaysiz menga oson bo’lgani yo’q.



Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin