Umrim kunlari



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#199929
1   2   3   4
SHE\'\'RLAR

ZILOLANGIZ BO’LOLMADIM.
Gul bo’lib bir bog’ingizda gullolmadim,
Sizdan kechib ayriliqqa ko’nolmadim,
Alamlarim yuragimni qiynadi ko’p
Istasam ham Zilolangiz bo’lolmadim.

Yonib kuyib , chin yurakdan kulolmadim,


Daryo misol toshdim ammo to’lolmadim
Azoblarim tugamasdek tuyular goh
Yurakdagi Zilolangiz bo’lolmadim.

Ayriliqning kuyi og’ir kuylolmadim,


Yuragimdan sevdim oshkor qilolmadim,
Kechirimlar so’ray endi bugun sizdan
Ming afsuski Zilolangiz bo’lolmadim.

Ko’rgim kelib yoningizga borolmadim,


Hech kimsaga dardlarimni yorolmadim,
Taqdir ekan xafa bo’lmang iltimosim
Bo’lolmadim, Zilolangiz bo’lolmadim.

Atirguldek ochildim lek so’lolmadim,


Bunga haqqim bormi yo’qmi bilollmadim,
Orzuyimning rro’yobi ham siz edingiz
Yor deyish chun Zilolangiz bo’lolmadim.
YOLG’IZ QOLDIRING

Benihoya bólgan armonlar bilan


Kónglimni órtagan hijronlar bilan
Mayliga shubhayu gumonlar bilan
Bugun meni yolğiz qoldiring.

Ozgina boʻlsa ham yiğlab olayin


Dardimni sajdaga tókib solayin
Robbimning yonida biroz qolayin
Bugun meni yolğiz qoldiring.

Kerakmas taskinlar mehrli sózlar


Rahmli boquvchi tim qora kózlar
Yongan yuragimga hattoki muzlar
Iltimos bir lahza yolğiz qoldiring.

SOHIR TUYG’ULAR

Oppoq orzularni oq otga boylab


Baxtning manziliga yetaman bir kun
Mehrdan yasalgan kemaga chiqib
Dengizlarda suzib ketaman bir kun

Hali kózlarimda yoshlarim qolmas


Menga hamroh bólmas qop qora tunlar
Kelar yóllarimga intizor boʻlib
Meni kutar albat men kutgan kunlar.

Róyi zamin uzra ovoza boʻlib


Yangraydi beğubor shodon kulgular
Xayollarim uzra aylanib har dam
Qalbimni tark etmas sohir tuygʻular

KUTYAPMAN
Istagim dunyoning boyligi emas
Mayliga qalbimni chokidan óying
Qarang yiğlayapman armonlarni deb
Kelib kózyoshimni siz artib qóying.

Beğubor onlarni alishdim tunga


Sarobning qumidan kózlarim tóldi
Ketdingiz kózlardan shirin sózlardan
Faqat yuragimdan ketsangiz bóldi.

Negadir xayollar bermaydi tinchlik


Negadir girgitton menga bu falak
Baxtni izlamoqni boshladim ammo
Uni topa olmay shórlik jon halak.

Qayiğidan judo boʻlgan dengizdek


Yolğizlik uyida zardob yutyapman
Bir kuni qarshimdan chiqasiz deya
Olis yólga qarab sizni kutyapman.

BA’ZAN
Bazan yiğlamoqqa topolmam chora
Bazân yupatguvchi insonlar yöqdek
Bazan uxlamoqqa yetmaydi kuchim
Dardlarim sanchilar tanamga öqdek.

Bazan axtaraman yaqinlarimni


Bazan qurshab olar ötli qayğular
Bazan yuragimni kuydirar chöğdek
Bizlar uvol qilgan öshal tuyğular.

Bazan vaqt töxtaydi ötmaydi umr


Bazan kulgularga fursat yetmaydi
Bazan qayğularga örangan ishqim
Ket desamda mendan sira ketmaydi.

Bazan orzularga bölib mahliyo


Bazan chuqur, sokin öyga tolaman
Eski suratlarni quchoqlab bazan
Jimgina tunlari uxlab qolaman.

Bazan könikmoqni istaydi qalbim


Bazan xotiralar bermaydi tinchlik
Bazan kuygan dillar yöqdek tuyular
Azobni his etmas hech kim menchalik.
Bazan özimizdan kechdik shunchaki
Lekin hijronlardan kecha olmadik
Bazan jimib qoldik chiqarmay ovoz
Dengizida chökkan yolğiz kemadek
ESLATMA
Asar ham qolmadi hokisorlikdan
Ichimiz kirlarga toʻlib ketdiku,
Oʻ ylamay qalblarni og'ritdik rosa
Vijdonning nomiga putur yetdiku.

Asar ham qolmadi beğuborlikdan


Yaqinlarning nozik yuragin tildik
Boyligiga uchib yolğon dunyoning
Na ota - onamiz qadrini bildik.

Mehr muhabbatlar qoldi ötmishda


Samimiylik yoʻqdir közda hattoki
Unutishar bir kun dunyodan ötsak
Eslashga erinar yaqinlar balki

Keksalar e'zozi qoldi qay yölda


Yomonga chiqardik aybimiz aytsa
Kimlarga suyanib yashaymiz keyin
Qilmishlar Birma bir Xudodan qaytsa

Uchyapmiz qandaydir hoyu havasga


Insonning qadrini pisand qilmaymiz
Bizdan umid kutgan kimsani esa
Bir tiyinga olmay közga ilmaymiz
Qayerdan olyapmiz kibr libosin
Jannatdan xabarlar keldimi yoki
Jazosiz qolmaydi hech bitta gunoh
Sabrni sinaydi Olloh hattoki
BAXT
Baxtni izlamoqchi bölsangiz agar
Oynaga jilmayib ohista qarang
Asl baxt neligin bilmoq bölsangiz
Yomğirni yoqtirgan odamdan sörang

Közingizga dunyo körinsa ham tor


Ötgan har oninggiz qadriga yeting
Agarki quchoqlab olsangiz baxtni
Öylamay uzoqqa yugurib keting.

Bu dunyo asli kam orzular sarob


Qadrimiz ğanimat siz shuni biling
Ostonangiz hatlab kelsa ham dardlar
Bariga qöl siltab jilmayib kuling

Baxt uchun yaratmish insonni Olloh


Mehringiz sönmasin gullarga örang
Sizdanda baxtsizroq odamlar bordir
Shukur ila sekin atrofga qarang.

Tashvishlar charchatib qöyar har kuni


Dod solish befoyda siz ichga yuting
Balki baxt yöldadir olisroqdadir
Iymonni yöqotmay sabrla kuting.

Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin