Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
Xayolga berilsang, ochilgay 
Qarshingda bir go‘zal surati. 
Ayni choq alvasti siyrati 
Xayolga berilsang, ochilgay. 
Xayoling aldaydi ehtimol, 
Dunyoda diyonat bor deya
Daydi bir kuchukni nor deya 
Xayoling aldaydi, ehtimol. 
Xayoling puch bo‘lmas, inshoolloh, 
Sen faqat fanoni o‘ylasang. 
Sen faqat baqoni o‘ylasang, 
Xayoling puch bo‘lmas, inshoolloh. 
1996 
MAQTANCHOQLAR 
Bir kuni yig‘ildi uchta maqtanchoq
Har kim o‘z yutug‘in so‘ylay boshladi. 
Eng yuksak marrani zabt etgan qay choq? 
Boshlarin qashlashib o‘ylay boshladi. 
Birinchisi dedi: - Men aytsam agar, 
Omad degan narsa dunyoda bor-da! 
Hali aholisi bundan bexabar, 
Ulkan bir shaharni yutdim qimorda. 
Ikkinchisi dedi: - Murodga yetdim, 
Ne-ne zukkolarning oldim aqlini. 
Kuppa-kunduz kuni o‘marib ketdim 
Mashhur bir shoirning qalam haqini. 
Uchinchisi dedi: - Asli men g‘olib, 
Jasorat barq urar qilgan ishimda. 
Qaysi kun ko‘rpaga burkanib olib, 
Boshlig‘imni so‘kdim boplab... ichimda! 
1996 
ESKI CHORIQ 
Oldingda turibdi to‘kin dasturxon, 
Endi unut bo‘lgan go‘jang-tarig‘ing. 
Balki eslamassan, qayda bu zamon
O’sha, sudrab yurgan eski chorig‘ing. 
Tasmadan bog‘langan oddiy poyafzal 
Garchi yo‘qsillikning misoli erur. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
Bilsang, u men uchun ming darsdan afzal
Dunyo hikmatlarin timsoli erur. 
Bir kuni qutulib zulmat-soyadan 
Omad narvonida ko‘targaysan qad. 
Lekin bu omonat pillapoyadan 
Balki yiqitgaydir seni ham hasad. 
Shunda tashlab qochar ne-ne do‘st, yoron, 
Axir ular uchun so‘ngan yorug‘ing. 
Og‘zi qulog‘iga yetgancha shodon
Seni kutib olar o‘shal chorig‘ing. 
1996 
IKKI KALAMUSH 
Kalamushlar, kalamushlik ishi qolib, 
Talashardi uyasidan chiqib olib. 
Men adirning bu yog‘idan, derdi biri
Men adirning u yog‘idan, derdi biri. 
Ikkisi ham qo‘ymadi hech kerilarin, 
Bir kun ovchi shilib ketdi terilarin. 
Aytganlarim hikmat emas, masal emas
Har kimga ham yoqadigan asal emas. 
Ochiq gap shul: ajratmangiz yeringizni, 
Toki shilib ketmasinlar teringizni. 
1996 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin