Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Biroviga yoqmas jindek jur’atim,
Biroviga yoqmas men yurgan yo‘lak.
Nogoh
biror joyda chiqsa suvratim
Biri uxlay olmay qiynalsa kerak.
Biz shunday o‘tamiz,
Ya’ni kun ko‘rib...
Maydagina kuchsiz, maydagina zo‘r.
Hayotning mana shu burjidan turib,
Men Sizni o‘yladim, hazrati Bobur.
Siz - zobit, dastini cho‘zgan dunyoga,
Siz - shoir, mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar, Sizning siymoga
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.
Bahodirlik
ichra yor Sizga Humoy,
Siz ulug‘ zotlarning izin bosgan er.
Nazmiy sajdagohda Sizga, hoynahoy,
Imomlikka o‘tgay faqat Alisher.
Ha, yolg‘iz she’r qoldi, boshqasi, abas,
Yetti iqlim aro doston naqlingiz.
Ne baxt, parchin bo‘lib
toj degan qafas,
Bizga yetib keldi olmos aqlingiz.
Ayting, ne topdingiz Siz kezib dunyo,
Hanuz boqisharlar sho‘rishga to‘lib.
Shoirsiz, yaxshisi, qolingiz, Mirzo,
Mushfiq yurtingizda bir shoir bo‘lib.
1983
BIR SIRKI...
Dedingki,
mumkinmas senga hayajon,
Kulfatdan yiroq yur, may ham shart emas.
Magar yer yuzini bossa ham to‘fon
Sening to‘pig‘ingga chiqmasa, shu bas!
Ha, do‘stim, hayajon endi muvaqqat,
Shodligu g‘amni ham totganman bir oz.
To‘fon
bosganda ham yer yuzin, faqat
Qutulib qolardi o‘rdak yoki g‘oz.
Lekin ogoh etay seni bir sirdan,
Balki, tanish senga bu holning foli.
Ayt-chi, qay ahvolga tusharding,
birdan
Yelkangda o‘rmalab qolsa chumoli.
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
O, kibor tuyg‘ular, ezgulik, vijdon...
Bular hayotdagi mavjud bir ishdir.
O’zingni osmonda sanama, Inson,
Seni yengadigan... mayda tashvishdir.
1983
Dostları ilə paylaş: