Shamoili Muhammadiy. Muhammad
at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
qo‘yuvchi kishi uchun munosibi shuki, savob niyatida surma qo‘ysin, shunda tibbiy nafi
bilan birga sunnatga ergashgan savobi ham hosil bo‘ladi.
43. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: “Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam ko‘z nurini o‘tkir
qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan ismid nomli surmani ko‘zga
qo‘yishni buyurdilar”, va yana Ibn Abbos dedilarki, “Rasululloh sallollohu alayhi
vasallamning bir surmadonlari bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar.
Har ikkala ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar”.
44. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uyquga borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar edilar.
45. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va
kipriklarni ziyoda o‘stiradi.
46. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
marhamat qildilar: “Sizlarning surmalaringiz ichida
hammadan yaxshisi ismid
surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi.
I z o h . Yuqoridagi rivoyatlardan ismid surmasini iste’mol etishning afzalligi ma’lum
bo‘ladi. Ismid topilmagan paytda, qaysi bir surmani iste’mol qilinsa ham sunnat ado
topgan bo‘ladi.
I z o h . Ushbu oxirgi hadisning roviylaridan birlarining nomlari Bashir ibn Mufazzaldir.
Bu zot haqida ulamolar dedilarki, xar kun to‘rt yuz raka’at nafl namoz va bir kun ro‘za va
bir kun iftori doimiy odatlari edi. Alloh rahmat qilsin.
Dostları ilə paylaş: