BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING LIBOSLARI
BAYON QILINADI
Ulamolar deganlarki, insonlar kiyadigan liboslar ba’zisi vojib, va ba’zisi mustahab va
ba’zisi makrux va ba’zisi harom bo‘ladi. Musulmon uchun munosibi, iste’moli savob
bo‘lgan liboslarga ehtimom etmog‘idir, hamda iste’moli gunoh bo‘lgan liboslardan
tiyilmog‘idir. Vojib bo‘lgan libosning miqdori, uning bilan satri (berkitish) lozim bo‘lgan
badan yopilmog‘i, mustahab bo‘lgani esa uni kiymoqqa shariat targ‘ib etganidir.
Masalan, ikki xayit kunlarida yangi va yaxshi libos va juma kunida namoz uchun oq libos
kiyish. Makruh bo‘lgan libos shariat uni kiymaslikka targ‘ib etganidir, masalan, boy
odamga hamisha yirtiq va eski libos kiymoq makruh. Harom libos, uni kiyishni Islom dini
qat’iyan man’ etganidir. Masalan, erkaklarga ipak libosini beuzr kiymoq haromdir.
47. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ko‘ylak kiyar edilar, liboslar ichida mahbubrog‘i ham ko‘ylak edi (chunki boshqa
liboslardan ko‘ra ko‘ylakda ziyoda mukammal satr xosil bo‘ladi).
48. Asmo roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarini
yengi bilaklarigacha edi, ya’ni kaftlarini yopmas edi.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |