U BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING MAHSI VA
KAVUSHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI
60. Burayda roziyallohu anhu dedilar: Habash podshohi Najjoshiy Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga bir juft qora sodda mahsi hadya yubordi va Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam tahorat qilib uni kiyib oldilar. Keyin yana tahorat qilganlarida, unga
mash tortdilar.
61. Sha’biy rivoyat qiladi: Mug‘iyra roziyallohu anhu dedilar: Dihya roziyallohu anhu
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir juft mahsi hadya berdilar va bir rivoyatda bir
dona jubba ham hadya kildilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har ikkisini
yirtilguncha kiydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu bir juft mahsi halol
so‘yilgan jonivor terisidan tikilganmi, yo boshqa teridanmi bilmadilar.
62. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning
na’layn muborakayn (ikki oyoq kiyim)larining har birida ikki tasma bor edi. (Bir tasma
bosh barmoq bilan yonidagi barmoq o‘rtasida turar edi, ikkinchisi o‘rta barmoq bilan
yonidagisining o‘rtasida turar edi). O’sha ikki tasmaning uchi kelib qo‘shilgan qadam
yuzidagi ko‘ndalang tasma ham bir juftdan edi.
63. Iso bin Tahmondan rivoyat qilinadi: Anas roziyallohu anhu bizlarga bir juft kavush
chiqarib ko‘rsatdilarki, yuzida tuki yo‘q edi. Keyin Sobit Banoniy menga Anas roziyallohu
anhudan rivoyat etdilarki, o‘sha bir juft kavush Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
kavushlari ekan.
64. Ibn Umar roziyallohu anhuga Ubayd ibn Jurayj dedilar: siz tuki yo‘q charmdan
bo‘lgan kavush kiyasiz va unda tahorat qilasiz, buning sababi nima? Ibn Umar
roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday kavush
kiyganlarini va unda tahorat qilganlarini ko‘rganman. Shuning uchun shunday kavushni
kiymoqni yaxshi ko‘raman.
I z o h. Zamoni risolatda musulmonlar yashash va madaniyat kabi narsalarga ziyoda
ahamiyat bermas edilar. Tamomi fursatlarini din va oxirat ishlariga sarf etardilar, hatto
charmni oshlaganda, tuki ketdimi yo ketmadimi, bunday narsalarga mashg‘ul
bo‘lmasdilar. Shuning uchun bu zotning ko‘zlariga Ibn Umar roziyallohu anhuning tuki
tamom tozalangan charmdan kavush kiyganliklari taajjub ko‘rindi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam tuki yo‘q charm kavush iste’mol qilishlari esa uning joizligini bildirish
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |