www.ziyouz.com kutubxonasi
14
78. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uzuklarini o‘ng qo‘llariga taqardilar.
I z o h. Bu hadis va tubandagi asarlardan har ikki qo‘lga taqmoqlikning joizligi va sunnat
ekanligi ma’lum bo‘ladi.
79. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
uzuklari kumushdan bo‘lib, ko‘zini kaftlariga qilib olardilar. Unga “Muhammad
Rasululloh” jumlasini o‘ydirgan edilar. Boshqa odamlarni shu jumlani muhrlariga va
uzuklariga o‘ydirishdan man’ qilgan edilar. Aris qudug‘iga Mu’ayqib roziyallohu anhuning
qo‘llaridan tushib ketgan mana shu uzuk edi.
I z o h. Mu’ayqib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida
muborak uzuklarini saqlaguvchi bir zot edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qachon qo‘llariga uzuk taqmagan bo‘lsalar, albatta, Mu’ayqib qo‘llarida saqlangan
bo‘lardi. Vafotlaridan keyin ham, Abu Bakr roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan
keyin Umar roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan keyin Usmon vafotlarida ham
uzukni saqlaruvchi Mu’ayqib edilar. Ittifoqo, bir karra uzukni Usmonga berib, yo u kishi
olib turib edilar, uzuk qo‘ldan chiqib, quduqqa tushib g‘oyib bo‘ldi.
80. Muhammad Bokir roziyallohu anhu dedilar: imom Hasan va imom Husayn
roziyallohu anhumo har ikkalalari uzuklarini chap qo‘llarira taqar edilar.
I z o h. Bu hadis mavqufdir (mavquf - to‘xtatilgan). Chunki, imom Muhammad Bokir
imom Hasan va imom Husayn roziyallohu anhumoni ko‘rmaganlar. Lekin yana bir
rivoyatda marfu’an kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr, Umar,
Usmon, Ali, Hasan hamda Husayn roziyallohu anhum hammalari uzuklarini chap
qo‘llariga taqar edilar.
81. Ibni Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltindan
bir uzuk qildirdilar. Uni o‘ng qo‘llariga taqar edilar. Bu holni ko‘rib ashobi kirom ham
oltindan uzuklar qildirib, sunnatga ergashish niyatida taqa boshladilar. Keyin Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam o‘sha tilla uzukni tashladilar, va dedilarki, “men buni hargiz
taqmayman”, keyin sahobalar ham oltin uzuklarini tashladilar.
I z o h. Tilla iste’moli Islom avvallarida joiz edi. Keyin erkaklarga harom kilindi. Uning
haromligiga jumhur ulamolar ittifoq qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |