BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING SUYANGAN
NARSALARI VA SUYANISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI
98. Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: “Ey, sahobalar, men sizlarga katta gunohlarning kattarog‘ini aytib beraymi?”
Sahobalar dedilar: “Ha, Yo Rasulalloh” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: “Gunohlarning hammadan ulug‘rog‘i avval Xudoga ibodatda boshqani sherik
keltirishdir. Keyin ota-onaga oq bo‘lishdir”. U kishi bir narsaga suyangan holda edilar,
keyin turib o‘tirdilar-da, aytdilar: “Yolg‘on guvohlik berish, (yoki yolg‘on so‘zlashdir)”.
Mana bu oxirgi jumlani qayta-qayta takror etdilar.
99. Abu Xujayfa roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Men taomni bir narsaga suyangan holda yemasman.
I z o h. Taom yeyishdagi sunnat shuki, ikki tizza ustiga o‘tirib yeyiladi. Agar o‘ng oyoq
ustiga o‘tirib, taom tanovul qilsa, bu tariqa hazm uchun manfaatlidir.
100. Jobir bin Samura roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni bir bolishga, ya’ni yostiqqa suyanib o‘tirganlarini ko‘rdim.
101. Fazl ibn Abbos roziyallohu anhumo deydilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning vafot topgan bemorliklarida huzurlariga kirdim. Boshlariga sariq latta
bog‘lab olgan edilar. U kishiga salom berdim. Javob berib, dedilar: “Ey Fazl”. Men
dedim: “Labbayka yo Rasulalloh”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Shu
latta bilan boshimni mahkam bog‘la”. Men aytganlarini qildim. Keyin turib o‘tirdilar.
Muborak qo‘llarini yelkamga qo‘yib, tik turdilar. So‘ng masjidga chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: |