www.ziyouz.com kutubxonasi
22
qilganlaridagi hollari xotiramga kelib, ko‘nglim buziladi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam umrlarida bir kun ikki marta nondan ham va go‘shtdan ham muborak qorinlari
to‘ygan emas edi.
111. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot kunlariga
qadar ham arpa nonini ikki kun to‘yib yemadilar.
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NON YOKI
BURUNJ BILAN TANOVUL QILADIGAN TAOMLARI HAQIDA BAYON QILINADI
112. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat
kildilar: Sirka qandayam yaxshi narsadir.
I z o h. Sirka topilishi oson, o‘zi xush zotga takallufdan holi, hammabop bir nonxurishdir,
har vaqt har yerda arzon topiladi. Unda bor tibbiy foydalar shuki, zaharli taomlar zahrini
daf etadi, balg‘am va safroni yuqotadi. Hazmga yordam beradi, qorindagi qurtlarni
o‘ldiradi hamda qorinni tez ochiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning hakida
duo qilganlar. O’tgan nabiylarning ham odatlari shunday bo‘lgan.
113. Simok bin Harb dedilar: Men Nu’mon bin Bashir roziyallohu anhudan bunday
deganlarini eshitdim:
Ey, musulmonlar, Sizlar istaganlaringizcha yemoq-ichmoq ne’matlariga qodir
emasmisizlar, holbuki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shunday bir holda
ko‘rganmanki, qorinlarini to‘yg‘izadigan darajada kam xurmodan ham bir miqdor topmas
edilar.
114. Zahdam Jarmiy dedilar: bizlar Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu qoshida edik.
Huzurlariga tovuq go‘shti keltirdilar. O’tirganlardan bir kishi o‘zini tortdi. Abu Muso
dedilar: Nega tortilyapsan? U kishi dedi: Men tovuqni yomon bir narsa yeb turganini
ko‘rib, tovuq go‘shti yemaslikka qasam ichganman. Abu Muso dedilar: Yaqin kel va
bundan ol va kasamingga kafforat ber, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning tovuq go‘shtini tanovul qilganlarini ko‘rganman.
I z o h. Tovuq go‘shti tez hazm bo‘ladigan go‘sht bo‘lib, dil va dimog‘ va a’zoi raisaga
toqat beradi. Ovozni sof qiladi, rangni chiroyli qilib, aqlga ham quvvat beradi.
115. Safina roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan
barobar Huboro go‘shtidan yeganman. Huboro so‘ziga ulamolar har ma’nolar berganlar.
Hamma qovllarning xulosasi shuki, bu qush o‘zi vahshiy qush bo‘lib, rangi xokiy, bo‘yni
yug‘on, tumshug‘i uchli va uzun, oyog‘i uzun, nihoyatda tez uchadi, badani kaklik
barobarida bir maxluq ekan. Arabiy nomi huboro, forsiy nomi hubra, shavot va shavol,
turkiy nomi to‘g‘dariy yo to‘rg‘ay, xindi nomi esa chana ekan.
116. Umar bin al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Zaytun yog‘ini yenglar va uning bilan yog‘laninglar, chunki u yog‘
muborak daraxtdan paydo bo‘ladi.
I z o h. Bu daraxtning muborakligi Qur’oni karimda ham zikr qilingan. Barakali bo‘lishini
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |