Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 296,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/92
tarix14.03.2022
ölçüsü296,76 Kb.
#53755
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

24

 



123. Mug‘iyra bin Shu’ba roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu 

alayhi vasallam bilan mehmon bo‘ldim. U kecha u zot huzurlariga qovurg‘a go‘sht 

kabobini keltirdilar. Janob qo‘llariga pichoq olib, undan menga kesib berib turdilar. Shu 

holda Bilol kelib, namoz vaqti bo‘lib koldi, deb xabar qildilar. U zot pichoqni tashlab 

dedilar: Bilolning ikki qo‘li tuproqqa belansin. Unga nima bo‘ldi, bu vaqtda xabar berib 

qoldi. U vaqtda Mug‘iyraning mo‘ylovlari o‘sib qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi 

vasallam ul zotga dedilar: muylovingni misvokka qo‘yib turib, kesib qo‘yarman yo o‘zing 

misvokka qo‘yib kesib ol. 

 

I z o h l a r: 1. Mug‘iyra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mehmon edilar. Janob 



o‘zlari boshqa yerga chaqirilgan edilar. Bu zotni ham barobar olib ketdilar. Chunonchi, 

ulug‘lar, muxiblar va xodimlari bilan bir yerga borsalar vaqt ta’ajjub emas, balki joizdir. 

 

2. Bu xadisdan go‘shtni pichoq bilan kesib yemoq joizligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zi 

hadislardan go‘shtga pichoq ishlatmoq man’ qilinganligi sobit bo‘lgan. Bundan murod 

pichoq bilan yemoqdir. Ammo pichoq bilan kesib, qo‘l bilan yeyilsa, zarari yo‘qdir. Bilolga 

degan so‘z duoibad emas edi, balki bir nav tanbeh edi. Chunki namoz vaqtida sig‘ilish 

bor edi, bir oz sabr qilsalar bo‘lardi. 

 

3. Bu hadisdan muylovni kesish haqida extimom zarur ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ulamolar

uni tarashlanadimi yo kesiladimi, degan masalada ixtilof qilganlar. Ammo afzali 

tarashlangandek kesish. 

 

124. Abu Xurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 



xizmatlariga qo‘l (old oyoq) go‘shti keltirildi va uning go‘shtlik yeri u zotga berildi. Bu 

narsa Janobga ko‘p marg‘ub edi. Shuning uchun undan tanovul qildilar va tishlab 

yedilar. 

 

125. Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi 



vasalamga qo‘l gushti ko‘p marg‘ub edi. Bir kun qo‘l go‘shtiga (ya’ni, yaxudlar 

taraflaridan) zahar solib berishdi. Undin bir luqma yeb edilar, o‘sha zaharlangan qo‘l 

go‘shti o‘zi dedi: Yo Rasulalloh, menda zahar bor, yemasinlar. Yoki Jabroil alayhis-salom 

kelib u zotni ogoh qildilar. U zot qolganini yemadilar. Zahar u zotga o‘sha soatda zarar 

qilmadi, lekin umrining oxirlarida shu zahar asaridan vafot etdilar. Toki Alloh Taolo u 

zotga nubuvvat ustida shahodat rutbasini ham ziyoda etsin, va Ibni Mas’ud dedilar: 

sahobalar u qo‘lni yahudlar zaharlagan edilar, deb gumon qilardilar.  

 

126. Abu Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi 



vasallam uchun bir qozon taom pishirdim. So‘ng u zotga qo‘l gushti marg‘ub bo‘lganligi 

sababidan qo‘l go‘shtidan uzatdim. Keyin dedilar: Yana uzat. Men dedim: Yo, Rasulalloh, 

bir qo‘yda nechta qo‘l bo‘ladi? U zot dedilar: Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar 

tek turib, menga itoat qilganingda edi, har bir talab qilganimda bir qo‘l berib turar eding. 

 

I z o h. Bu voqea ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan bir mo‘‘jiza 



vujudga kelmoqchi edi, sahobaning so‘zlari sabab bo‘lib, to‘xtab qoldi. Alloh Taolo karam 

qilsa, mo‘‘jizalar bayoni uchun inshoolloh, mustaqil bir kitob yozmoq irodasi banda 

dilimda bor. Muvaffaq bo‘la olsak, o‘shanda bayon qilarmiz. 

 



Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy 

 

 




Yüklə 296,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin