www.ziyouz.com kutubxonasi
18
90. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
vafotlaridan ilgari bir kun xutba o‘qidilar. Shunda muborak boshlarida qora salla bor edi.
Yo yog‘li bir parcha latta bor edi.
I z o h. Bu xutbai sharifa o‘lim dardi vaqtlarida o‘qilgan edi. Bu xutbalarida madinalik
sahobalar haqida muhim vasiyatlar qildilar. Bu xutbadan keyin na minbarga chiqqanlar
va na xutba o‘qiganlar. U vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak
boshlari qattiq og‘rib turgan edi. Shuning uchun boshlarini bog‘lab olgan edilar. Odati
sharifalari, boshlariga ko‘p yog‘ surtganlari uchun latta yog‘ bo‘lib qolar edi.
91. Abu Burda deydilar: Bir kun Oisha roziyallohu anho bizlarning xuzurimizga bir
yemoq solingan chodar va bir qalin izor olib chiqib qo‘ydilar, va dedilarki: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning muborak ruhlari bu ikki libos ichida qabz qilindi.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning libos haqidagi muborak odatlari,
payg‘ambarlikning avvalgi davridan boshlab vafotlarigacha bir holda o‘tdi. Hargiz
o‘zgarmadi. Xaybar urushidan keyin sahobalarning axvollari yaxshi bo‘ldi. Fathi
Makkadan keyin atrof-olamning podshohlaridan tuhfalar va xadyalar kela boshladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xohlagan suratda o‘zlariga zebu ziynat va ahli
xonalariga tilagan miqdorlarida yengil hayot asboblarini xozirlab bersalar nihoyatda
mumkin va oson edi. Lekin dunyo rohatini hargiz xohlamadilar. Topgan va tutgan
narsalarini muhtoj va yetimlarga tarqatib, o‘zlari va xonadonlari dunyodan pok va
bealoqa o‘tdilar. Biz – ummatlikni da’vo qilguvchi bandalar dunyoga shu qadar berilib
ketdikki, Alloh Taolo O’zi bu holimizning yomon oqibatidan bizni asrasin. Omin.
92. Ubayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men Madinai munavvarada ketayotgan
edim. Birdan orqa tarafimdan “Izoringni balandroq ko‘tar, izor baland tursa, egasi
taqvoga va o‘zi najosatdan poklikka yakinroq bo‘ladi va o‘zi ko‘p kun yashar, tez
yirtilmas”, degan ovoz eshitildi. Boqsam, ovoz qilgan zot Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ekanlar. Men aytdim: Yo Rasulalloh, bu izor o‘zi bir qora va yo‘llik chodar
bo‘lsa, bir narsaga arzimas, buning bilan nima takabbur bo‘ladi va bunday chodarni ham
extiyot qilinadimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilarki: “Balandroq
ko‘tarishda bir xikmat bulmagan taqdirda, senda menga ergashish muhabbati ham
yo‘qmi?” Keyin men ko‘rdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning izorlari
boldirlarining yarmida to‘xtagan ekan.
I z o h. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam hamisha izor bog‘lar edilar. Ishton kiygan
va kiymaganliklarida ixtilof bor. Alloma Bejuriyning tahqiqlaricha, kiymaganliklari
sobitdir. Lekin ishtonlari bor ekanligi ma’lum. Vafotlaridan keyin qolgan ashyolar ichida
bor edi. Ibn Qayyim deydilarki: ishton sotib oldilar. Albatta, kiygani olgandilar. Bundan
boshqa bir necha hadisda kiyganliklari ham voriddir. Sahobai kiromlar ham kiyar edilar.
Ular albatta, Rasulullohning ijozatlari bilan kiyganlar. Abu Amoma roziyallohu anhu
dedilar: Men aytdim: “Yo Rasulalloh, kitobiylar lungi bog‘lamaydilar, ishton kiyadilar”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Sizlar ularga xilof qilinglar. Lungi ham
bog‘langlar, ishton ham kiyinglar”. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir uzun hadis
silsilasida deganlarki, men aytdim: “Yo, Rasulalloh, o‘zlari goho ishton ham kiyadilarmi?”
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ha. Kiyaman. Menga badanimni
yopmoqqa hukm bor. Xech bir narsa badanni ishtondek yopolmaydi”. Lekin muhaddislar
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |