www.ziyouz.com kutubxonasi
3
edi. Lekin ikki bilaklari va ikki yelkalari va siynalarining yuqori tomonlarida mo‘ylari bor
edi. Ikki bilaklari uzun edi, kaftlari kushoda, ikki kaftlari va ikki qadamlari go‘shtlik edi.
Qo‘llarining va oyoqlarining barmoqlari mo‘‘tadil uzun edi.
Qadamlari silliq edi, unda suv to‘xtamas edi. Qachon yursalar, quvvat ila qadam ko‘tarar
edilar. Oldilariga egilibroq yurar va ohista qadam qo‘yar edilar. Yurishlari tez-tez bo‘lib,
keng qadam qo‘yar edilar. Qachon yursalar, bir balandlikdan tushib turgandek
yurardilar. Va bir tarafga burilsalar, butun qomatlari bilan burilardilar. Nazarlari tubanga
bo‘lar edi. Osmondan ko‘proq yerga boqar edilar. Ko‘pincha ko‘z qirrasi bilan boqar
edilar. Sahobalarining o‘zlaridan ilgari yurgizib, o‘zlari orqalaridan yurar edilar. Har
kimsa yuliqsalar, undan ilgari salom berardilar.
8. Jobir ibn Samra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
og‘izlari mo‘‘tadil katta edi (Arablar erlar uchun katta og‘iz bo‘lishni yaxshi ko‘radilar,
chunki fasohatli bo‘ladi). Ma’sum ko‘zlarining oqida qizillik bor edi. Qadamlarining
orqasida go‘sht kam edi.
9. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat: Men bir oydin kechada Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni ko‘rdimki, badanlarida qizil libos bor edi. Men goho Rasulullohga boqar edim,
goho oyga boqar edim. Boqa-boqa shu natijaga yetdimki, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam husnda, jamolda va nurda oydan ziyoda va ortiq edilar.
10. Abu Ishoq dedilar: Bir kishi Baro’ roziyallohu anhudan savol qildi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning muborak chehralari qilich kabi yaltiragan edimi? Baro’
dedilar: Yo‘q. Oy kabi nuroniy, ya’ni nihoyatda nurli, nihoyatda ko‘rkam edi. Uzun emas
va yumaloq ham emas edi.
I z o h. Bu o‘xshatishlar hammasi taxminiydur, haqiqat emasdur. Bir oy nima (bo‘libdi),
ming oy bir bo‘lsa ham nuroniyatda chexrai nabaviyyaga o‘xshay olmas.
11. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
jismi muboraklari shul qadar marg‘ub, chiroyli va zebo ediki, inson ko‘rib, vujudlarini
Alloh Taolo kumushdan quyganmikan deb qolar edi. Muborak sochlarida biroz
buralganlik bor edi.
12. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
marhamat qildilarki, menga barcha payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Qarasam, Muso alayhis-
salom biroz ingichka va oriq odam ekanlar. Yamandagi Shanua kabilasining odamlariga
o‘xshar ekanlar. Iso alayhis-salomni ko‘rdim, u zotga men ko‘rgan odamlardan Urva ibn
Mas’ud nihoyatda o‘xshaydir. Ibrohim alayhis-salomni ham ko‘rdim, men ko‘rgan
odamlar ichlarinda u zotga nihoyatda o‘xshagan odam sizlarning payg‘ambarlaringizdur
(ya’ni o‘zlarini aytdilar). Jibriyl alayhis-salomni ham ko‘rdim, u zot men ko‘rgan
zotlardan Dihyat-al-Kalbiyga nihoyatda o‘xshar ekanlar.
13. Sa’id Jurayriy debdilar: Men Abu Tufayl roziyallohu anhudan bu so‘zni aytib turganini
eshitdim: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rganman. Yer yuzida ul ni
ko‘rganlardan mendan boshqa bir kishi ham qolmadi. Sa’id Jurayriy dedilar: Men u kishi
menga vasf qilib berishlarini so‘radim. Abu Tufayl dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |