www.ziyouz.com kutubxonasi
34
175. Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Men hammadan keyin duzaxdan chiqadigan odamni yaxshi taniyman.
U do‘zaxdan dumbasi bilan sudralib chiqadi. Unga deyiladiki, bor jannatga kirgin, u
jannatga kirmoq uchun boradi. Lekin kuradiki, odamlar hammalari o‘z joylarini egallab,
joylanib bo‘libdilar. Qaytib borib, arz qiladi: Yo, rabbiy, odamlar o‘z joylarini olib
bo‘libdilar. Unga deyiladi, dunyoda o‘zing o‘tgan zamon xotiringda bormi? Keyin Alloh
taolo, ey bandam, orzu qil va nimani talab qilmoqchi bo‘lsang, qil. U orzu qiladi, keyin
unga deyiladi, endi senga orzu qilgan narsalaringni va o‘zing ko‘rgan dunyoning o‘n
barobarini berilur. Bu so‘zni eshitib, bechora deydiki; Ey, Xudo, podshohlar podishohi
bo‘lib turib, meni mashara kilasanmi? Ibni Mas’ud dedilar, Men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni aytib turib, shunday kuldilarki, muborak tishlari
ravshan ko‘rindi.
176. Ali bin Rabi’a roziyallohu anhu dedilar: Men Ali roziyallohu anhu huzurlarida edim.
U zotga minmoq uchun markab xozir qilindi. Uzangiga oyoqlarini qo‘ygan zamon
BISMILLOH dedilar, va markabga mingan soatlarida dedilar: ALHAMDULILLOH. Keyin
dedilar: Subxona-l-laziy saxxara lano xazo va mo kunno laxu muqriniyna va inno ila
Rabbino lamunqalibun. (Tarjimasi; Pokdur ul zotki, bizlarga bu jonivorni bo‘ysundirdi va
bizlarda buni minmak uchun toqat yo‘q edi. Biz albatta, Parvardigorimiz xuzuriga qaytib
borurmiz). Keyin uch bor dedilar: ALHAMDULILLOH. Va uch bor dedilar: ALLOHU AKBAR,
SUBXANAKA INNIY ZOLAMTU FAG’FIRLIY FAINNAHU LAA YaG’FIRUZ-ZUNUBA ILLA
ANTA. Keyin Ali roziyallohu anhu kuldilar: Men dedim: Yo amiral mu’minin na uchun
kulurlar? U kishi dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni men degan
narsalarni deganlarini ko‘rganman, keyin kulgan edilar, men dedim: Yo, Rasulalloh, nima
uchun kuldilar? Janob dedilar: , Qachonki bandasi: "Ey Parvardigorim, mening
gunoxlarimni mag‘firat qil" deb aytsa va bu so‘zni aytayotgan vaqtida uning gunoxlarini
Allohdan boshqa mag‘firat qilguvchi hech bir zot yo‘q, degan e’tiqodda bo‘lsa, darhaqiqat
Parvardigoring xushnud bo‘lur.
177. Omir bin Sa’d dedilar: Sa’d roziyallohu anhu dedilar: Men Janob Rasululloh
sallolloxu alayhi vasallamni Handaq g‘azoti bo‘lgan kunda ko‘rdim. Shunday kuldilarki,
muborak tishlari tamom ko‘rildi. Men dedim: nima uchun kulib edilar? Sa’d dedilar: Bir
odam bor edi, o‘zi kofirlardan bo‘lib, qo‘lida separ bor edi va Sa’d o‘q otishga mohir edi.
U kofir Sa’d o‘qidan o‘zini saqlab qolmoq uchun o‘ngga va so‘lga o‘zini olar va yuzini
separi bilan yashirur edi. Sa’d o‘qdonidan bir o‘q chiqarib, poylab turdi. Vaqtiki, u kofir
boshini separidan alohida qilgan edi, o‘sha soat unga qarab o‘q uzdi. O’q borib, uning
peshonasiga tegdi. Filhol ag‘darilib yiqildi va oyog‘ini ko‘tarib yubordi. Bu holni ko‘rib,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday kuldilarki, muborak tishlari tamom ko‘rildi.
Man Sa’dga dedim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga kuldilar? Sa’d dedi:
Sa’dning u kofirga qilgan hunaridan.
Dostları ilə paylaş: |