www.ziyouz.com kutubxonasi
37
bo‘lar edilar. Dunyoviy so‘zlar ham bo‘lar edi. Kulinadigan bir so‘z kelib qolsa, barobar
tabassum qilar edilar. Shuning uchun xech kim suxbatlariga to‘ymas edi.
190. Sharid roziyallohu anhu dedilar: Bir kuni men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bilan bir markabga mingashgan edim. O’sha holda u zotga Umayya ismli shoirning
she’rlaridan yuz bayt o‘qib berdim. Har bir baytni o‘qib berganimda, u zot yana shundan
o‘qi der edilar. Shunday qilib, Janobga yuz baytni eshittirdim. U zot dedilar: Bu Umayya
yaqin musulmon bo‘lay deb qolgan ekan. Chunki she’rlari xikmatli bo‘lib, tavxiddan va
qiyomatdan ko‘p so‘zlar edi.
191. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasson
roziyallohu anhu uchun masjidga minbar qo‘ydirib berar edilar. Toki ul zot minbarga
chiqib, rost turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madhlarida faxriya she’rlar o‘qir
edilar yoki u zot taraflaridan mudofaa qilar edilar, va kofirlar tarafidan bo‘lmish
ta’nalariga javob berar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam der edilarki: Alloh
Taolo Xassonga ruxul Quds vositasi birla madad berur. Madomiki, ul Rasululloh tarafidin
mudofaa va dinga madadda bo‘lar ekan, bu hol unda bardavom bo‘lgay.
Dostları ilə paylaş: |