www.ziyouz.com kutubxonasi
42
charchab qolishning ehtimoli ham bor. Ba’zilar deganlarki, bu namoz shukri vudu’dir
(ya’ni tahorat shukri). Shukri vudu’ni muxtasar o‘qimoq afzaldir, shuning uchun
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yengil o‘qimoqqa buyurdilar, o‘zlari ham yengil o‘qir
edilar.
Xofiz ibn Hajar «Sahih Buxoriy» sharxida deydilar: hadisda kelganki, inson uxlaganda,
shayton uning sochiga jodugarlar kabi uch tugun bog‘lab qo‘yadi. Uning ta’sirida, qachon
uyg‘onsa, hozir vaqt erta ekan, deb turgisi kelmaydi. Agar inson o‘rnidan turib, Alloh
nomini yod qilsa, yo biror duo va zikr o‘qisa, o‘sha zaxoti bir tugun yechiladi. Turib
taxorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi. Namozga shuru’ qilsa, uchinchi tugun ham
yechilib ketadi. Endi bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi tugun namoz bilangina
yechilar ekan, shuning uchun ikki raka’at yengil bir namoz o‘qib olinsa, tamom tugunlar
yechilib ketib, shaytonning jodusi bekor ketgan bo‘ladi. Qolgan tahajjud namozlari
hammasi shayton ta’siridan pok bo‘lgan holda ado qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ALHAMDULILLOH shayton ta’siridan Xudo panohidagi zot bo‘lsalar ham
ummatlariga ta’lim uchun shunday o‘qir edilar.
205. Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning namozlarini nihoyatda extimom bilan ko‘rmoqchi bo‘ldim. Men u zotning
makon yo xaymalarining ostonasiga boshimni qo‘yib yotdim. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam avval muxtasar ikki raka’at namoz o‘qidilar. Undan so‘ng uzun-uzun ikki
raka’at namoz o‘qidilar. Keyin ikki raka’at avvalgilaridan yengilroq o‘qidilar. Keyin yana
ikki raka’at undan muxtasarroq o‘qidilar. Keyin yana ikki raka’at undan ham
muxtasarroq o‘qidilar. Keyin yana ikki raka’at undan ham yengilroq o‘qidilar. Keyin vitr
o‘qidilar. Mana bu namoz majmui o‘n uch raka’at bo‘ldi.
I z o h. Ba’zilar vitr namozini bir raka’at deydilar. Ularning nazdida olti bor ikki raka’atlik
nafl bo‘lib, bir raka’at vitr bilan hammasi o‘n uch raka’at bo‘ladi. Vitrni uch raka’at
deguvchilarning nazdida hammasi o‘n besh raka’at bo‘ladi. Bu tariqadagi xisobda avvalgi
shukri vudu’ sanalmagan. Bir rivoyatda nafl namozlarining majmui uzun va qisqalari
bo‘lib, o‘n raka’at deb kelgan. Unda ham shukri vudu’dan boshqa naflar o‘n uch raka’at
bo‘ldi, deyilgan. U suratda esa vitr uch raka’at bo‘lmay, imkoni yo‘q.
206. Abu Salama ibn Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyatki, Oisha roziyallohu
anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ramazoni muborakdagi tahajjud
namozlari necha raka’at bo‘lgani haqida so‘radilar. Onamiz marhamat qildilarki,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazonda ham boshqa oylarda ham o‘n bir
raka’atdan ziyoda tahajjud o‘qimas edilar (Sakkiz raka’at tahajjud va uch raka’at vitr).
Avval to‘rt raka’at o‘qir edilarki, uning husni va uzunligidan so‘ramagil (ya’ni nihoyatda
uzun va g‘oyatda boxushu’ bo‘lar edi). Keyin yana to‘rt raka’at o‘qir edilarki, uning ham
xusni va uzunligidan so‘ramagil. Keyin uch raka’at o‘qir edilar. Men dedim: Yo
Rasulalloh, vitr o‘qimay turib uxlaysizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat
qildilar: Ey, Oisha, mening ikki ko‘zim uxlasa ham, qalbim hargiz uxlamaydi.
I z o h. Ba’zi insonlar yuqoridagi hadisdan tarovih namozini sakkiz raka’at deb
tushunadilar. Holbuki, bu rivoyatdan tahajjudning o‘zini ham sakkiz raka’at qilib o‘qishlik
tushunilmaydi. Bu hadisning tarovix namoziga xech taalluqi yo‘qdir. Chunki "solatul-layl"
ma’nosi, tungi namoz, deganidir. Lekin qarina bilan tahajjud namozi ekanligi ma’lum
bo‘ladi. So‘rovchining maqsudi ham tahajjud namozining ramazoni muborakdagi adadini
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |