www.ziyouz.com kutubxonasi
41
edilar. Agar ko‘ngillari xoxlasa, axliyalari bilan shar’i suhbat qilar ham edilar. Keyin
bomdod azonini eshitsalar, irg‘ib turar edilar. Agar g‘usl lozim bo‘lgan bo‘lsa, g‘usl qilar,
bo‘lmasa tahorat qilib, namozga chiqib ketar edilar.
I z o h. Fan va tibbda ham suhbat uchun nihoyatda munosib vaqt kechaning oxiridir,
chunki bir uxlab turgandan keyin har ikki tarafning nashoti yangi bo‘ladi. Kechaning
avvalida odam taom yeb, og‘irlashgan bo‘ladi, u holda suhbat ham zarar qiladi, agar
ochlik holda suxbat qilinsa ham zarar qiladi. Bular tib maslahatiga bog‘liq masalalardir.
Shariatda o‘z jufti-haloli bilan suhbat har vaqtda joizdir, chunki Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan kechaning avvalida va kunduzning turli vaqtlarida suhbat qilganliklari
sobit bo‘lgan. Ba’zi rivoyatlarda deyilganki, ayni namoz vaqtida suhbat qilingan bo‘lsa,
vujudga kelgan farzand ota-onasiga nofarmon bo‘larkan.
202. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Men bolalik vaqtimda bir kecha holam
Maymuna roziyallohu anho huzurlarida yotib qoldim. Men yostiqning eniga va Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam va ahliyalari yostiqning uzunida bosh qo‘yib yotdilar. Mening
boshim va ularning yuzlari qiblaga bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxladilar,
yarim kecha bo‘lganda, uyg‘ondilar. Ko‘zlaridan uyquni qochirmoq uchun qo‘llarini
yuzlariga tortdilar va ishqadilar. Keyin surai Oli Imronning oxirgi oyatlari «INNAFIY
XOLQIS-SAMOVOTI VAL-ARZ» oyatlarini tilovat qildilar. So‘ng turib, osig‘lik bir
meshikchani olib, undagi suv bilan tahorat qildilar, nihoyatda chiroyli tahorat qildilar.
Keyin namozga turdilar. Men ham tahorat qilib kelib chap taraflarida turib, iktido qildim.
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘llarini mening boshimga qo‘ydilar, va
o‘ng qulog‘imni buradilar (Chunki muqtadi imomning o‘ng tarafida turishi lozim edi).
Keyin ikki raka’at o‘qidilar, yana ikki raka’at o‘qidilar, ikki raka’atdan olti marta o‘qidilar.
Bu hadisning roviysi Ma’n dedilar: Ikki raka’atdan olti bor o‘qidilar. Guyo o‘n ikki raka’at
bo‘libdi. Keyin vitrni o‘qidilar va yonboshladilar. Keyin muazzin namoz uchun chaqirib
keldilar. Keyin u zot turib, ikki raka’at sunnatni muxtasar qiroat bilan o‘qib chiqib,
jamoat bilan bomdod farzini ado qildilar.
I z o h. Ali Qoriy dedilarki, imom Abu Hanifa roziyallohu anhu tahajjud namozini o‘n ikki
raka’at dedilar. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamdan tahajjud haqida muxtalif -
raka’atlar rivoyat qilingan. Muqarrar va muayyan bir miqdorga cheklanmagan, demak,
undan ziyoda yo kami ham joiz bo‘ladi.
203. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu
g‘alaba qilib, yo uxlab qolib, tungi namozlarini, ya’ni tahajjudlarini o‘qiyolmay qolsalar,
kunduz choshit vaqtida o‘n ikki raka’at o‘qir edilar.
I z o h. Bu tahajjudning qazosi u zotning xos o‘zlariga farz bo‘lganligidan, yoki ummatga
fazilatini ta’lim berish uchun bo‘lgandir.
204. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Qachon sizlardan birlaringiz kechqurun tahajjud uchun tursa, avval
ikki raka’at yengil namoz o‘qib olsin, keyin tahajjud o‘qisin.
I z o h. Buning sababi, birdan uzun namoz boshlasa, tabiat cho‘chib qolish mumkin,
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |