www.ziyouz.com kutubxonasi
39
dehqonlar bor edi. Otlari kishnar, tuyalari bo‘kirar, ho‘kiz, sigirlari xirmon xaydar,
xodimlari donlarni somonlardan alohida qilib tozalar edilar. Men bo‘lsam u er qoshida
erka edim, har qanday so‘z aytsam ham, so‘zing yomon demas edi. Yotsam tong
otguncha yotar edim, hech kim meni uyg‘ota olmas edi. Yemak va ichmakda shunday
mo‘l-ko‘lchilik ediki, men yeb-ichib turib ketardim, taom va sharob shunday qolar edi.
Bu sifat erimning sifati edi.
Uning bir onasi ham bor edi. Bilasizlarmi, u qanday xotun edi. U nihoyatda olijanob xotin
ediki, idishlari hammasi katta-katta va narsalari to‘la-to‘la turar edi. Uyi nihoyatda keng
va unda hamisha mehmonlar bo‘lar edi. Abu Zar’ning o‘g‘li ham bor edi. Bilasizlarmi,
o‘g‘li kim? Shunday yigitki, badani nozik va ozg‘in, yonboshi go‘yo po‘stlog‘i archilgan
xurmo novdasiga yoki g‘ilofidan chiqarilgan qilichga o‘xshar va yosh echkining qo‘li uni
to‘yg‘izadi (ya’ni, nihoyatda betakalluf, bahodirmijoz yigitdir).
Abu Zar’ning qizi ham bor. U qizni nima desam bo‘ladi. Otasiga itoatli va onasiga
farmonbardor, sixat va jamoli, aqlu-kamoli shunday ediki, xotinlik kishiga tushib qolsa,
kundoshi kuyib o‘tadi. Abu Zar’ning cho‘risi ham bor. Uni qanday ta’rif qilay? U cho‘ri
dindorligidan uydagi so‘zlarni boshqa yerlarga tarqatmaydi va aminligidan uyidagi
taomni ham beijozat harj qilmaydi, va tozaligidan uyni nihoyatda sof va pokiza saqlaydi.
Axlatxona qilib qo‘ymaydi. Ummu Zar’ dedi: bizning Abu Zar’ bilan muhabbatimiz va
o‘rtadagi aloqamiz men yuqorida aytgandek edi. Ittifoqo, bir kun Abu Zar’ ko‘chaga
chiqdi. Bahor fasli edi. Sut, yog‘ meshkachalarda olinib turgan vaqt edi. Ketib turib,
oldida ikki o‘g‘li ham bor bir xotinni ko‘rib koldi. Qoplondek irg‘ishib, onalarining beli
atrofida ikki anor bilan uynashib turibdilar. Bu holni ko‘rgach, meni taloq qilib o‘z
nikohiga o‘sha xotinni oldi. Uni devona qilgan xotinning xusnlik sho‘x o‘g‘illarini ko‘rib,
shoyad menga ham shunday o‘g‘illarni tug‘ib bersa, deb umid qilgan edi. Men ham keyin
bir olijanob, saxiy erga tegdimki, uning uchqur zotdor bir oti bor edi. Uni minar edi. Xat
degan bir maqomda ishlangan nayza taqardi. O’sha er meni olgach, kech kirmay turib,
kelib mollarini haydatib, mening xuzurimga keltirdi, va har qaytgan namunadan bir
juftdan menga berib, dedi: Ey, Ummu Zar’, ol, yegin va axllaringga ham bergin. Lekin
men bu ikkinchi erning menga bergan narsalarin hammasini to‘plasam, qimmati va
bahosi Abu Zar’ning menga bergan bir kichkina idishining qimmatiga ham barobar
kelmaydi.
Oisha roziyallohu anho dedilar: Bu xikoyani tamom eshitib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam menga dedilar: Ey, Oisha, men ham senga Abu Zar’ Ummu Zar’ga
mehribon bo‘lgan kabi mexribondirman. Lekin biz ajralmasmiz.
I z o h. Bu hadis muborakdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqi
jamilalarining va xonadon hayotlarining naqadar ulug‘ligi ma’lum bo‘ladi. Sollallohu
alayhi vasallam.
Dostları ilə paylaş: |