www.ziyouz.com kutubxonasi
66
296. Navfal ibn Iyos dedilar: Abdurahmon ibn Avf bizlarga hamnishin edilar. Va
nihoyatda yaxshi bir hamnishin edilar. Bir kun bizlar bilan barobar bir yerdan qaytdilar
va o‘zlarining uylariga bizni olib bordilar. Borgan zamonlari g‘usl qildilar. Keyin
qoshimizga chiqdilar. Huzurlariga katta bir taboqda go‘sht va non keltirildi. Abdurahmon
ibn Avf uni ko‘rib yig‘ladilar. Men so‘radim: Nima uchun yig‘layapsiz? Abdurahmon
dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam dunyodan rihlat qildilar. Va
hayotlarining oxirigacha na o‘zlari va na xonadonlari arpa unidan bo‘lgan nonning
o‘zidan qorinlari to‘ymaydi. Mening xayolim shuki, Janobdan keyin bizlarning bu nadar
ne’matlarga g‘arq bo‘lishimiz bizlar uchun yaxshi bo‘lmasa kerak.
297. Muhammad ibn Sayrin raximahulloh dedilar: Bir kuni bizlar Abu Hurayra roziyallohu
anhuning xuzurlarida o‘tirgan edik. Badanlarida ikki adad qizil rangli liboslari bor edi.
Ulardan biriga burunlarini tozaladilar, keyin dedilar: ajab-ajab bu kun Abu Hurayra
kanap libosga burnini tozalar. Men bir kuni o‘zimni shunday holda ko‘rganmanki,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlari bilan Oisha roziyallohu anho
hujralarining o‘rtasida bexush bo‘lib yiqilib yotar edim. O’tkinchi odam kelib, oyog‘ini
bo‘ynimga qo‘yar edi. Va gumon qilar ediki, men jinni bo‘lgan bo‘lsam, holbuki, men
jinni emas edim. Ochlikkina meni shu holga solib qo‘ygan edi (Arablar bexush odam
hushiga kelsin deb, buyniga oyoqlarini qo‘yadi).
298. Molik bin Danbor roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam xech bir vaqt nonga va go‘shtsa ham muborak qorinlari to‘ygan emas. Magar,
muborak xonalariga mexmon kelib qolsa, u xolda mexmonlarga yedirmak uchun va
ularga iltifotlar qilib tuyulsa, mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: |