RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAYOT KECHIRISHLARI
HAQIDAGI VOQEALAR
289. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bizlar Ahli va Avlodi Muhammad sollallohu alayhi
vasallam komil bir oyga qadar uyimizda o‘t yoqmas edik. Faqat xurmo va suv bilan o‘tar
edik. Ya’ni, yemak uchun xurmodan boshqa bir ne’mat xonai saodatda bo‘lmas edi.
Xurmo ham kifoyat qilmaganligida suv bilan qorin to‘yg‘azar edik.
290. Abu Talxa roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlarida nihoyatda och qolganligimizdan shikoyat qildik va qorinlarimizga bog‘lab
olgan bir-bir toshlarimizni ko‘rsatdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni
eshitib, o‘zlarining muborak qorinlarini ochdilar. Qarasak, Janob qorinlariga ikki tosh
bog‘lab olibdilar.
291. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
shunday bir vaqtda uydan tashqariga chiqdilar, odat sharifalari u vaqtda ko‘chaga
chiqmas edilar. Va xech bir odam u vaqtda huzurlariga xozir bo‘lmas edi. Janob ko‘chaga
chiqqan zamonlari ro‘baro‘laridan Abu Bakr roziyallohu anhu kelib qoldilar. Janob savol
qildilar: Ey Abu Bakr nima uchun bevaqt kelib qoldingiz? Abu Bakr dedilar: Jamoli
muboraklarini sog‘indim. Salom bergim keldi (Haqiqatda u zotga ochlik paydo bo‘lgan
edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ranjimasinlar deb, izxor qilmadilar). Birozdan
keyin Umar roziyallohu anhu ham kelib qoldilar. Janob sollallohu alayhi vasallam bu
zotga ham yuqoridagi savolni qildilar. Lekin Umar dedilar: Yo, Rasulalloh, meni ochlik bu
yerga keltirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: Ochlik menga
ham biroz ma’lum bo‘lib turibdi. Keyin bu uch zot Abu Haysam Ansoriy degan bir zotning
makonlariga bordilar. Abu Haysam madinalik sahobalarning boylaridan bo‘lib, katta bir
xurmozor bog‘lari bor edi. Echkilari ham ko‘p edi. Lekin xizmatchilari yo‘q edi. Uning
uchun uy ishlarini o‘zlari qilar edilar. Bu uylariga borganlarida uydarilarga shirin suv olib
kelmoq uchun o‘zlari ketgan edilar. Janob xotinlaridan so‘raganlarida shunday javob
berdilar. Keyin biroz vaqt o‘tmay, kelib qoldilar. Meshilarini suvga to‘ldirib kelibdilar.
Ko‘rdilarki, Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki ashobi muxtaram bu zot
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |