www.ziyouz.com kutubxonasi
60
274. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Bir kun bir odam Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kirmoq uchun izn so‘radi. Janob avval dedilar: Bu odam o‘z
jamoasining naqadar yomon o‘g‘lidir, yo naqadar yomon birodaridir. Keyin u odamga
ijozat berdilar. Kirdi, va unga muloyim so‘zlar qildilar. Men Janob qoshlarida edim. Haligi
kishi chiqib ketgandan keyin savol qildim: Yo, Rasulalloh, bu odam haqida ba’zi so‘zlarni
qildingiz, keyin unga muloyim so‘zlar qildingiz. Janob dedilar: Ey, Oisha, uning yomon
so‘zligidan odamlar uni tashlab qo‘yadigan kishi insonlarning nihoyatda yomonlaridan
hisoblanadi. Men bu odamga muloyim so‘z qilishim uning behayolik va yomon so‘zligidan
saqlanmoq va qavmini buning fitnasidan asrab qolmoq uchun edi.
275. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Husayn roziyallohu anhu dedilar: Men
otamdan bobomiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hammajlislari bilan bo‘lgan
siyratlarini so‘radim. Otam dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha
chehralari kulib turgan xushmijoz bir zot edilar. Bir maslahatga qo‘shilishlari oson,
yumshoq tabiat edilar. Na qattiq so‘zlik, na toshdillik, na hayosiz, na ayblaguvchi, na
manman va na adovatlik bir zot edilar. Nomunosib so‘z va fe’l bo‘lib qolsa, undan
beparvo bo‘lar edilar. Lekin o‘zlari muvaffaqat etmas edilar va o‘zlaridan biror odam
biror narsaga umidvor bo‘lsa, ma’yus o‘tmas edilar. Uch narsadan o‘zlarini alohida qilib
olgan edilar: birinchi, noshar’iy janjaldan, ikkinchi, o‘zlarini ulug‘lashdan yoki so‘zni ko‘p
qilishdan, uchinchisi, bekor so‘z, bekor ishdan. Uch narsadan xulqini ham alohida qilib
qo‘ygan edilar: birinchi, hech kimni yuziga yomonlamas edilar, ikkinchi, xech kimni
ortidan ham ayblamas edilar, uchinchi, hech kimning aybini topmoq uchun tajassus
etmas edilar. Va qachon so‘z qilsalar, savobi umid etilgan narsa uchun so‘z qilar edilar.
Va qachon so‘z gavharlarini majlisda sochsalar, huzurlarida hozir zotlar hammalari
boshida go‘yo qush o‘tirgan odamdek, odob va ehtiyot bilan o‘tirar edilar. Qachon Janob
so‘zdan to‘xtasalar, keyin ular so‘z qilar edilar. Lekin Janob huzurlarida so‘z ustida janjal
qilmas edilar. Va kimki qoshlarida so‘z boshlasa, uning so‘zi tamom bo‘lguncha
hammalari xomush turib, so‘ziga quloq solar edilar. Hammalarining so‘zlari Janob
qoshlarida birinchilari so‘z boshlaganda qanday ehtimom bilan eshitilsa, shunday
eshitilar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblari nimaga kulsalar, unga kular
edilar. Va nimadan taajjub qilsalar, undin taajjub qilar edilar. Va qachon bir g‘arib va
musofir kelib, so‘zlab qolsa, uning so‘zini birga eshitar edilar. Qo‘polliklarini ko‘tarar
edilar. So‘zida va savolida bo‘lgan og‘ir aziyatlariga sabr qilar edilar. Shuning uchun
sahobai kirom g‘arib va musofirlarni Janobning suhbatlaridan istifoda qilishlari uchun
xuzuri muboraklariga olib kelar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam der edilarki, agar biror xojatmand insonni
ko‘rsangizlar, madad va muso’ada etinglar. Va bir kishining sano va ta’rifini qabul etmas
edilar. Magar haqiqatda bir kishi ko‘rgan exsonga tashakkur maqomida bir narsa
so‘zlasa, sukut qilar edilar. Hech kimning so‘zini band qilib, to‘xtatmas edilar. Magar
so‘zda xaddan tajovuz qilsa, u holda so‘zdan man qilar edilar, yo turib ketar edilar.
276. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar bir kishi
bir narsa so‘ragan bo‘lsa, u narsa o‘zlarida bor bo‘la turib hargiz yo‘q demaganlar. Balki
berganlar. Agar yo‘q bo‘lsa, va’da qilar, yoki haqqiga yaxshi duo qilardilar. VALLOHI
TAOLO u odamni beniyoz qilgandir.
277. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ehsonda va karamda bashar jinsi qila olmagan saxovatni qilar edilar. O’zlari darveshona
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |