www.ziyouz.com kutubxonasi
61
xayot kechirar edilar. Lekin exsonda shoxanshoxlarni sharmisor etar edilar. Butun yil
axvollari shu bo‘ldi. Lekin ramazoni muborakda karamlari xaddan tashqari bo‘lar edi.
Xususan, Jabroil alayhis-salom kelib Qur’oni karimni eshitdirar vaqtlarida, yomg‘ir
keltiradigan shamoldan ham ziyoda saxiy bo‘lar edilar. Do‘st va ahli va noaxil hamma
barobar naf olar edi.
278. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertangi kun
uchun xech bir narsani zaxira qilib olib qo‘ymas edilar. Balki Alloh Taologa tavakkul qilar
edilar. Ya’ni, shu bugun nima mavjud bo‘lsa, yeb-edirib tamom qilar edilar. Ertaga
zarurat bo‘lib qolur degan xayol bilan olib qo‘ymas edilar. Bu hol o‘z xususlarida edi.
Ammo volidalarimiz nafaqalarini o‘z-o‘zlariga topshirib berar edilar. O’z haqlariga o‘zlari
ozod va o‘zlari muxtor edilar. Xoxlaganlaridek tasarruf qila olar edilar, xoxlasalar saqlab
qo‘yar edilar, xoxlasalar taqsim qilib xalos qilar edilar. Lekin Janobning xonadonlari har
bir holatda Janobga ergashar edilar.
279. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga hojat talab qilib keldi. Janob dedilar: Bu soatda mening qoshimda
xech bir narsa yo‘qki, senga bersam. Endi sen mening nomimdan kerakli narsangni sotib
ol. Qachon menga biror narsa paydo bo‘lib qolsa, qarzni men uzaman. Umar dedilarki:
Yo, Rasulalloh qo‘llarida davlat bor zamonda berdilar, endi qudratlari yetmagan narsani
bermakka mukallif emaslar-ku. Janobga Umar roziyallohu anhuning so‘zlari nomunosib
ko‘rildi. Shu soatda madinalik bir sahoba dedilar: Yo, Rasulalloh, har yo‘l bilan bo‘lsa
ham bersinlar. Arsh Moliki tarafidan keladigan atolarni kam bo‘lishidan qo‘rqmasinlar.
Janob u zot so‘zlaridan tabassum qildilar va dedilarki: “Shu narsaga buyurilganman”.
280. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xadyani qabul
qilar edilar. Va unga mukofot ham berar edilar. Va mukofotlari olgan xadyalaridan
yaxshiroq narsa bo‘lar edi.
281. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
pardada o‘tirgan qiz boladan ham ziyoda hayoli edilar. Qachon bir narsani yomon
ko‘rsalar yomon ko‘rganliklarini bizlar chexralaridan bilar edik. (Ya’ni, tillari bilan bayon
qilmas edilar).
282. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning nihoyatda xayoli bir inson bo‘lganliklaridan biror bor uyat yerlariga boqa
olmadim va boqmadim.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda sharmli uyatchan bir inson
bo‘lganliklaridan uyat yerlarini shu qadar extiyot bilan berkitar edilarki, xatto
volidalarimizdan ham maxfiy tutar edilar. Hammadan maxbub, hammadan bemalol erka
xotinlari modomiki ko‘ra olmagan bo‘lsalar, boshqa volidalarimiz xech ko‘ra olmagan
bo‘ladilar. Endi o‘z hamxonalaridan shu darajada extiyot qilib uyat yerlarini
ko‘rsatmagan zoti aqdas boshqaning avratini qanday ko‘ra olurlar. Onamiz Ummu
Salama roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon
ahliyalaridan birlari bilan suxbat qilmoqchi bo‘lsalar, ko‘zlarini berkitib, boshlarini past
qilib olar edilar. Va axliyalariga ham og‘ir mijoz va sharmlik turishga amr berar edilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |