Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloq jamila va odat sharifalari tamomi olamga
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
mehroblarida tilovat etiladi. Haq jalla va ‘alo marhamat kiladi: “VA INNAKA LA’ALO
XULUQIN AZIYM”. Ya’ni, ey Muhamad, shubhasiz, siz albatta, nihoyatda buyuk bir xulq
sohibidirsiz.
Hadis kitoblaridagi mazmunlarning ziyoda xislati shu muborak xulqu aziz ta’rifidir.
Sollallohu alo sohibihi vasallam.
267. Xorija ibn Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu dedilar: Bir jamoa Zayd ibn Sobit
roziyallohu anhu huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahvoli
shariflaridan bizlarga bayon berishini so‘radilar. Zayd dedilar: Men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam axvollaridan sizlarga nimani bayon qilay? Men Janobga hamsoya edim.
Qachon vaxiy nozil bo‘lsa, menga odam yuborar edilar. Men borib, yozib berar edim.
Janobning odatlari biz saxobalar qachon dunyodan so‘z qilsak, dunyodan so‘z qilar edilar
va qachon oxiratdan so‘z qilsak, oxiratdan so‘z qilar edilar. Qachon taomdan so‘z qilsak,
taomdan so‘z qilar edilar. Mana shu bayon qilgan narsalarim Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam axvollaridir. (Ya’ni, xulqlarining oliyligidan ashoblari bilan har qanday suhbatda
hamroh bo‘lar edilar. Lekin Janob bayonlari va shirkatlari tamomi befoyda narsalardan
pok bo‘lib, qaysi bobda so‘zlasalar, hamnishinlari uchun foyda va manfaatning o‘zi bo‘lar
edi).
I z o h. Zayd roziyallohu anhu payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vahiy
kotiblaridan birlari edilar. Bu zotdan boshqa yana sakkiz sahoba bu davlatga musharraf
edilar. Usmon, Ali, Ubba, Mu’oviya, Xolid ibn Sa’id, Xanzala, Alo Xazramiy, Abon ibn
Sa’id roziyallohu anhum ajma’iyn.
268. Amr ibn al-Os roziyallohu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odati
sharifalari goho majlislarida bor zotlarning ichida xolis, sof dilni ulfatlantirmoq qasdida
qavmning eng yomoniga yuzlarini qilib xususiy so‘zlashar edilar. Undan avval odam
o‘zini xos hamsuhbatlardan xayol qilar edi. Chunonchi, menga ham yuzlanib, xususiy
suratda guftagu qilar edilar. Men Janob xuzurlarida qavmning yaxshisi men bo‘lsam
kerak deb xayol qildim. Shu xayol ustida bir kuni men Janobga savol qildim. “Yo
Rasululloh, men afzalmanmi yo Abu Bakrmi?” Janob dedilar: “Abu Bakr afzal”. Keyin
dedim: “Men afzalmanmi, yo Umarmi?” Janob dedilar: “Umar afzal”. Keyin men dedim:
“Men afzalmanmi yo Usmonmi?” Janob dedilar: “Usmon afzal”. Men Janobdan ochiq-
ravshan so‘roq qilgan edim, Janob tamomi sarohat bilan haqiqatni so‘zladilar. Mening
xotirim uchun madorat uchun meni afzal demadilar. Rostning o‘zini so‘zladilar. Keyin
men dedim: Men bunday savollar qilmog‘im munosib emas edi. Koshki bu savolni
qilmagan bo‘lsam. Arzi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda rost muomala va rost
so‘zdan boshqa narsa yo‘q edi. Dunyoda bu sifatdan ham ulug‘ sifat bo‘la olurmi?
269. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘n yil
xizmat qildim. Janob bu uzun muddatda menga biror marta «uf» demadilar. (Ya’ni,
ranjigan odam deydigan so‘zni qilmadilar va men bir narsani qilib qo‘ygan bo‘lsam,
«nima uchun bunday qilding?» demadilar. Bir narsani qilmay qo‘ygan bo‘lsam, «Nima
uchun buni qilmading?» demadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tamomi
insonlarning xush xulqi edilar. Va pok jismlari ham shunday edi. Men hech bir ipak
parchani yo holis ipakni o‘zini yo biror muloyim narsani ushlamadimki, Janobning
muborak kaftlaridan yumshoqroq bo‘lsa va xech bir mushkni yo atrni iskamadimki,
Janobning muqaddas badanlaridan tomgan terdan xushbo‘yroq bo‘lsa.