www.ziyouz.com kutubxonasi
58
I z o h. Bu hadis muborakda mubolag‘a yoki g‘alat hech yo‘qdir. Haqiqat o‘zi shudir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak terlarini jam qilib xushbo‘y o‘rnida
iste’mol etmish sahobai kirom o‘rtalarida mashhur bo‘lgan. Bu borada ajib bir xikoya
ham bor. Bir kun Anas roziyallohu anhu majlisda o‘tirib, nixoyatda xursand bo‘lib turib,
dedilar: Men ushbu qo‘llarim bilan Rasulullox sollallohu alayhi vasallam qo‘llariga
musofaxa qilganman. Umrimda men Janob qo‘llaridan muloyim ipak parcha yo holis
harirni ushlamadim va ko‘rmadim. Bu so‘zni eshitib, o‘tirgan shogirdlari savol qildilarki,
men ham ushbu qo‘llarim bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llariga musofaxa
kilgan qo‘lga musofaxa qilishni orzu qilaman. Baxtiyor shogirdning tamannosi sabab
bo‘lib, dunyoda bu odat bu kungacha ya’ni, ming to‘rt yuz yildan ziyoda muddat joriy
bo‘lib keldi, va muhaddislar o‘rtalarida musofaxa hadisi nomi bilan mashhurdir. Shu
hadisni rivoyat etishga musalsil musofaha qilinib kelingandir.
270. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qoshlarida bir odam o‘tirgan edi. Ustida sariq rangli libos bor edi. Janobning odat
sharifalari bir kishida nomunosib narsani ko‘rsalar, o‘z yuziga demas edilar. Shuning
uchun xomush o‘tirdilar. Keyin sariq liboslik odam turib ketgandan keyin majlisda
o‘tirganlarga dedilar: Sizlar bu bechorani sariq libos kiymakdan man qilsangizlar yaxshi
bo‘lar edi.
271. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasuli akram sollallohu alayxi vasallam mizoji
muboraklari shunday ediki, tab’larida xulqi bexayolik o‘zi yo‘q edi. Takalluf bilan hamma
bexayolik so‘zlarni majlislarda qilmas edilar. Bozorlarda baland ovoz bilan so‘z qilish
odatlari yo‘q edi. Bir kishi Janobga yomonlik qilsa, Janob esa unga yomonlik qilmas
edilar. Balki afv etar edilar va gunohidan o‘tar edilar.
I z o h. Yomonga yomon jazo bermay va undan intiqom olmay afv etmoq voqeasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning butun hayotlarining har lahzasida jilva qilib
turgan duraxshon sifatlaridir. Bu sifat tavzihi ustida bir ajib hikoya bordir. Zayd ibn
Sa’na degan bir yahudiy bor edi. O’z tili bilan bayon qiladiki, men nubuvvat, ya’ni,
payg‘ambarlik alomatlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak
vujudlarida to‘liq topdim. Magar ikki alomat qolgan edi. Biri Nabiyning hilmlari
g‘azablariga g‘olib kelur, ikkinchisi, bir kishi nabiy xuzurlarida naqadar nodonlik va
axmoqlik qilsa, Janobning tahammul va bardoshlari shu qadar ziyoda bo‘lur. Men bu ikki
sifatni ham Janobda topilarmikan deb, bir necha kun tekshirib turdim. Janob bilan aloqa
va do‘stlik rafti va omadin ko‘proq qilib turdim. Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hujrai saodatdan tashqariga chiqdilar. Ali birga edilar. Rubaro‘lariga badaviyga
o‘xshagan bir odam kelib savol qildi: “Yo, Rasulalloh, mening qavmim musulmon
bo‘lgandilar. Men ularga degan edimki, musulmon bo‘linglar, agar sizlar musulmon
bo‘lsangizlar rizqlaringiz farovon bo‘lur. Endi bugun ahvol shundayki, ularning ustilariga
ocharchilik keldi. Hammalari qiynalgan. Bu hol sabab bo‘lib, ular Islom dinidan chiqib
ketmasalar edi. Shuning uchun sizdan umid qilamanki, shularga biror yordam
yetkizsalar”. Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyollohu anhuga qaradilar.
U zot arz kildilarki, yo, Rasulalloh xozir qoshimizda xech bir narsa yuq. Zayd ibn Sa’na
aytadi: Men bu holatni tomosha qilib turar edim. Men aytdim: Yo, Muhammad, siz agar
falon kishining bog‘idan bu qadar xurmoni muayyan vaqtda menga bera olsangiz, men
sizga hozirdan o‘sha miqdor xurmoning pulini avvaldan beraman. Va o‘sha muayyan
vaqtda sizdan xurmoni to‘liq olaman. Janob dedilar: Men bu muomalani qila olmayman.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |