Shamoili Muhammadiy. Muhammad
at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Muhammad at-Termiziy
SHAMOILI MUHAMMADIYYA
Bismillahir rohmanir rohim
1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na ko‘p uzun
qomatlik
va na past qadlik, balki o‘rta bo‘ylik, qomatlari nihoyatda mavzun zot edilar.
Ranglari na nihoyatda oq va na to‘q bug‘doyrang edi, balki oq qizillikka moyil,
ko‘rkamlikda o‘n to‘rt kechalik oy kabi nurlik edi. Muborak sochlari na nihoyatda
buralgan va na nihoyatda yozilgan edi, balki o‘rta bir holda o‘zlariga yarashgan edi. Alloh
Taolo ul kishini qirq yoshida payg‘ambarlik maqomiga musharraf etdi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam o‘n yil Makkai mukarramada va o‘n yil Madinai munavvarada
turdilar, va oltmish yoshda dunyodan rihlat qildilar. Muborak boshlarida va soqollarida
yigirma adad ham oqargan mo‘y yo‘q edi.
I z o h: Bu rivoyatda Makkadagi istiqomatlarini o‘n yil deyilgan va butun umrlarini
oltmish yosh ko‘rsatilgan. Buning sababi shuki, arablar goho kasr adadni zikr
qilmaydilar. Haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramada o‘n
uch yil turganlar. Va vafot topganlarida, muborak yoshlari oltmish uchda edi.
2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta qadlik
bir zot edilar. Na uzun va na past bo‘yli edilar. Jismlari chiroyli,
kelishgan, sochlari na
buralgan va na yozilgan edi. Chehralari bug‘doyrang, qachon yursalar, oldilariga moyil
bo‘libroq yurar edilar.
3. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta
buyli (biroz uzunga moyil) bir kishi edilar. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng bo‘lib,
muborak
sochlari ko‘p va ikki quloqlarining yumshoqlariga tushib turardi. Egnilarida qizil libos
(ya’ni rido’ va izorlari) bor edi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husnliroq
bir narsani hargiz ko‘rmadim.
4. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Men hech bir zulflik mahbubni qizil libos
ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ziyoda husnlik ko‘rmadim. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlari ikki yelkalariga tushib turar edi. Ikki
yelkalarining orasi keng edi. Qad-qomatlari na past va na ziyoda uzun edi.
5. Ali roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na
past bo‘yli edilar. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Muborak boshlari
katta va a’zolarining bo‘g‘imlari, xar ikki suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on edi.
Siynalaridan kindiklariga qadar uzun va ingichka mo‘ylari bor edi. Qachon yursalar,
go‘yo balandlikdan pastlikka tushib borayotgan kabi yurar edilar. Men Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan avval ham, keyin ham, u kishiga o‘xshagan biron zotni
hargiz ko‘rmadim.
6. Ali roziyallohu anhuning nabiralari Ibrohim ibn Muhammad dedilar: Ali roziyallohu
anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasflarini
bayon qilsalar, der edilar:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na past bo‘ylik edilar, balki o‘rta qadlik
odamlardan edilar, va muborak sochlari na ziyoda buralgan va na ziyoda yozilgan edi,
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy