22. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari ikki
23. Oisha roziyallohu anho dedilarki: Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
24. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai
mukarramaga bir bor shu xay’atda keldilarki, sochlari to‘rtga bo‘linib o‘rilib ko‘yilganday
ko‘rilar edi. Ba’zi rivoyatda deyilganki, xar bir muborak quloqlari ikki o‘rilgan soch
o‘rtasida xuddi qorong‘u kechadagi yorug‘ yulduz kabi ko‘rinar edi.
25. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda
sochlarini farq ochmay qo‘yib qo‘yardilar, chunki mushriklar farq ochardilar va kitobiylar
farq ochmas edilar. Ilgari qaysi bir narsa haqida Allohdan amr kelmagan bo‘lsa,
kitobiylarga o‘xshashlikni do‘st tutar edilar. Keyin ularga muxolifat etib, sochlariga farq
ochadigan bo‘ldilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda, ya’ni Islom dini tamoman nozil
bo‘lmay turib, kitobiy jamoatni o‘zlariga hamdard va ko‘makchi qilmoq uchun ularga
xayrixoh bo‘ldilar. Ko‘rdilar-ki, ularga ham badbaxtlik g‘olib kelib, ulfat ololmadilar.
Mushriklar bilan ularning farqlari bo‘lmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ham ularga muxolifat etdilar va sochlariga farq ocha boshladilar. Haqiqatda pokizalik
farq ochishda edi. Bunda isrof bo‘lmas edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xijratdan keyin muborak sochlarini avval
Hudaybiyya yilida, so‘ng Umratu-l-qazo yilida, keyin Hajjatu-l-vido’ yilidagina tamom
oldirganlar. Qachon sochlarini yaqin fursat ichida oldirgan bo‘lsalar, quloqlarining
yarmiga tushib turur edi. Buni arablar to quloq yumshog‘iga yetguncha vafra (mo‘l,
ko‘p) deydilar. Agar bundan ziyoda tushsa, limma (kokil) deydilar, agar bundan ham
ziyoda uzayib ketsa, yelkalariga tegib tursa, uni jumma (uzun taralgan soch) deydilar.
Oxiri uzayish shu bo‘lur. Endi rivoyatlarda xar-xil sifatlar kelishi shu holatlarga qarab
bo‘lgan, ya’ni xar kim qaysi holda ko‘rgan bo‘lsa, u shu holatni rivoyat qilgan va
hammalari rost so‘zlagandirlar.
Dostları ilə paylaş: