BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOQOL VA
SOCHLARIGA TUSHGAN OQLAR HAQIDA BAYON QILINADI
31. Qatoda dedilar: Men Anas roziyallohu anhuga dedim: “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam soch va soqollarini bo‘yaganmilar?” Anas dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning soch va soqollari bo‘yaladigan bir miqdorga yetmagan edi, faqat ikki
chekkalaridagina biroz oq paydo bo‘lgan edi, lekin Abu Bakr roziyallohu anhu xino va
katm bilan soch va soqollarini bo‘yar edilar”.
I z o h. Xino ma’lum bir daraxt bo‘lib, ranggi to‘q qizil bo‘ladi, katm bir qism giyoh bo‘lib,
rangi qora bo‘ladi. Har ikkisini aralashtirib bo‘yalsa, qoraga moyil qizil bo‘ladi. Agar ikkisi
bilan bo‘yalsa, durust. Tanho qora rang bilan bo‘yamoq esa hadislarda mamnu’dur.
32. Anas roziyollohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
muborak boshlarida va muborak soqollarida o‘n turt donadan ko‘p oq sanamadim.
33. Jobir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
soch va soqollaridagi oqlar haqida savol qilinganda, dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam agar boshlarini yog‘lasalar oqi ko‘rinmas edi, agar yog‘lamasalar, ozroq oq
ko‘rinar edi.
34. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning soch va soqollaridagi oqlar avvali va oxiri yigirma adad edi.
35. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu so‘radilar: “Yo
Rasulalloh, o‘zlari mijozlari mu’tadil va yoshlari kam bo‘lib turib ham tez soch, soqollari
oqarib qoldi. Nima uchun bunday bo‘ldi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
marhamat qildilar: “Mening soch va soqolimni «Hud» va «Voqi’a» va «Murasalot» va
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |