www.ziyouz.com kutubxonasi
15
82. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichlarining
(Zul-fiqorning) dastasining duppisi kumushdan edi.
83. Maziyda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fath
etilgan kuni Makkaga kirganlarida, qilichlarining yuzida tilla va kumush ko‘rindi.
I z o h. Alloma Tur Pushtiy dedilarki: Bu hadisni qilichga tillo iste’mol qilishning
durustligiga dalil qilib bo‘lmaydi, chunki bu hadisning sanadi qobil e’timod emasdir.
Kumush iste’moli yuqoridagi hadis kabi xadislarda mubohdir. Tilla iste’moli esa nojoizdir.
84. Samura roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z qilichimni Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning qilichlariga o‘xshatib qildirdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
qilichlari xanafiy edi, ya’ni Banu Xanafi arablariga qildirgan edi, ular bu san’atda komil
edilar.
85. Zubayr roziyallohu anhu dedilar: Uhud g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning badani muboraklarida ikki zirra bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bir baland tosh tepasiga chiqib, o‘zlarini sahobalarga yo kofirlarga ko‘rsatishni
xohladilar, lekin chiqa olmadilar. Keyin Talha roziyallohu anhuni pastga o‘tirg‘izib, o‘zlari
tosh tepasiga chiqib, tikka turdilar va hamma u zotni ko‘rib kela boshladi. O’sha soatda
men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Talha o‘ziga vojib kildi”, degan so‘zlarini
eshitdim. (Ya’ni jannatni yo shafoatimni o‘ziga sobit qildi degan bo‘ladilar).
I z o h. Uxud urushi xijratning uchinchi yilida bo‘lib, nixoyatda xatarli urush edi. Ustunlik
dushman tarafida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlari va
muqaddas boshlariga jarohat yetib, muborak tishlari shahid bo‘lgan edi. Dushmanlar
Muhammadni o‘ldirdik, deya ovoza qilishdi. Bu ovozadan sahobalar sarosimaga tushib,
har tarafga tarqalib ketdilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘zlarining borliklarini do‘stlarga ham, dushmanlarga ham ma’lum qilish maqsadida bir
baland toshga chiqib ko‘rindilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har ikki taraf
ko‘rdi. Musulmonlar atroflariga jam bo‘ldilar.
O’sha kuni Talha roziyallohu anhu bahodirlik javharini ko‘rsatdilar. Rasululloh sallollaxu
alayhi vasallam uchun vujudlarini qalqon kildilar. Dushman hamlasidan to‘sib qoldilar.
Muborak jismlariga saksondan ziyod zahm paydo bo‘ldi. Lekin bir lahza ham Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni yolg‘iz qoldirmadilar. Oqibat muborak qo‘llari shol bo‘lib
qoldi. Sahobai kirom hammalari bul zotga tan berardilar hamda “Uhud g‘azoti haqiqatda
Talhaning kunidir” der edilar. Bu kun tamomila ul zot xisoblariga o‘tgandir. Roziyallohu
anhum ajma’in. Vahshurno ma’ahum. Omin.
86. Soib bin Yazid roziyallohu anhu dedirlar: Uhud g‘azoti bo‘lgan kunda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning muborak badanlarida ikki zirra bor edi. Har ikkisini ustma-
ust kiyib olgan edilar.
I z o h. Bu tariqa ziyoda qo‘sh-qo‘sh zirra kiyishdan Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning Xudoga tavakkullarining kamligi kelib chiqmaydi, balki, aksincha, Xudoga
shu qadar yaqin bir zot shunchalik ehtiyotda bo‘lgan ekanlar, boshqalar kofirlardan
bundan-da ziyoda extiyotda bo‘lsinlar, degan ummat uchun ta’limdir. Rabbil-olamiyn
jalla jaloluhu O’zi marhamat qiladi: “Ya ayyuhallazina amanu xuzuu xizrokum fanfiruu
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |