www.ziyouz.com kutubxonasi
21
I z o h. Yuqorida suyanib turib taom yemoqlik man’ qilingan edi. Bu hadisda o‘zlari
suyangan holda tanovul qilibdilar. Uning sababi ochlikdan paydo bo‘lgan zaiflik edi. Ba’zi
uzrlik holda man’ qilinran narsalar joiz bo‘ladi.
105. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlariga
qadar xonadon ahli va ayollari arpa unidan bo‘lgan nonga qorinlari to‘ymadi.
I z o h. Ba’zi hadislarda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida
onalarimizga bir yillik nafaqalarini xozirlab berar edilar. Undan yuqoridari hadis bilan
ta’oruz paydo bo‘lib, uning javobiga ulamolarimiz dedilarki: o‘sha hozirlangan nafaqani
iste’mol qilinganda yil oxirigacha ikki kun nonga navbat kelmas edi. Goho non, goho
boshqa narsa bo‘lar edi, lekin ikki kun ustma-ust nonginaning o‘zidan qorin
to‘yilmagandir. Ammo boshqa narsalardan to‘yilgandir.
106. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uylaridagi onalarimizdan arpa unidan bo‘lgan non ham o‘zi oz bo‘lganligi va kifoya
qilmaganligidan oshib qolmas edi.
107. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari va
onalarimiz -hammalari bir-ikki kecha och qolishardilar. Kechqurun yegani bir narsa
topmas edilar. Ko‘pincha tanovvul qiladigan narsalari arpa noni edi.
I z o h. Savol paydo buladiki, Rasululloh solallohu alayhi vasallam uylarida bir narsa
bzlmasa sahobalar ichlarida davlatmandlar ko‘p edilar. Hammalari u zotdan jonlarini
ham ayamasdilar. Ular bu holni bilib turib nima sababdan sabr qilgandilar? Javob shuki,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holning ajridan umidvor bo‘lib, nihoyatda
maxfiy saqlar edilar. Onalarimiz ham shunday edilar.
108. Sahl bin Sa’d roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam yaxshi elangan un nonida yegandilarmi? (Ya’ni ok un nonini). Sahl javob
berdilarki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hayotlarida to vafot kunlarigacha un
noni ro‘baro‘lariga na keldi va na uni ko‘rdilar. Savol kilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam zamonlarida siz sahobalarda elaklaringiz bo‘lar edimi? Javob berdilar: bizlarda
elak bo‘lmas edi. Savol qilindiki, arpani qanday qilib non qilar edingizlar? Javob
berdilarki, bizlar arpani bir idishga olib shopurar va puflar edik. Shunda qipiqlari yoki
kepaklaridan uchgani uchib ketar va qolgani qolar edi. Keyin uni hamir qilib, non qilib
yer edik.
109. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xontaxta ustida
taom yemadilar. Va kichik uzangi ham iste’mol qilmadilar va o‘zlari uchun yupqa non
ham pishirilmadi. Bu hadis roviylaridan Yunus dedilar: Men Qatodadan so‘radimki, u zot
taomni nima narsa ustida tanovul qilar edi? Qatoda javob berdilarki, shu odatdagi
dasturxonda yer edilar.
110. Masruq dedilar: Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga hozir bo‘ldim. U kishi
mening uchun xodimlariga buyurib taom chaqirdilar, va dedilarki, men qachon bir
taomni topib yesam va yig‘lamoqni xohlasam, yig‘larman. Men so‘radim: Nega
yig‘laysiz? Dedilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dunyodan rixlat
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |