BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QANDAY
YURISH, O’TIRISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yurishlari o‘tgan boshqa boblarda qisman
bayon qilingan edi. Bu bobda endi mustaqil bayon etiladi.
94. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi
chiroyli bir insonni hargiz ko‘rmadim. Oftob guyo u zotning nurli chehralarida turib,
dunyoga jilva qilib turgandek tuyular edi. Yurishda ham xech bir insonni u zotdan tez
raftor va qadamlari barakalik ko‘rmadim. Shunday yurar edilarki, yerning tanobi u zot
uchun tortilib turgandek tuyular edi. Bizlar o‘zimizni qiynab, barobar yursak deb,
urinardik, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yurishga extimom qilmagandek,
beparvo qadam qo‘yar edilar
95. Qayla roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masjidda
ko‘rdim, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab o‘tirgan ekanlar. Men
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nihoyatda ojizlik bilan xomush o‘tirishlarini ko‘rib,
qo‘rqqanimdan badanimda larza paydo bo‘ldi.
I z o h. Bu sahobaning qo‘rqishlari shuning uchun ediki, Rasululloh sallallohu alayhi
vasallamga balki ummatlarining ustiga keladigan bir azobdan xabar berildimikan, chunki
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha ummat xaqida fikr qilar edilar. Faqat
ularning g‘amida bo‘lar edilar. Dunyo nima bo‘lsa bo‘lsin, zarracha parvolariga kelmas
edi. Allohumma-rzuqna shafo’atahu. Bu hadis yuqorida ham o‘tgan edi.
96. Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhu deydilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni masjidda orqalarini yerga berib, bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib
yotganlarini ko‘rdim.
97. Abu Sa’yid Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qachon masjidda o‘tirsalar, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab
o‘tirar edilar. Bu tariqa o‘tirishlari bomdod namozni o‘qiganlaridan keyin bo‘ladigan
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
o‘tirishlaridan boshqadir, chunki bomdoddan keyingi oftob chiqquncha o‘tirishlari
chordona bo‘lardi.
Dostları ilə paylaş: |