www.ziyouz.com kutubxonasi
26
keldilar. Ey, Salmo, bizlar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga marg‘ub va
rag‘bat bilan yeydigan bir taomlarini pishirib bering, dedilar. Salmo aytdilar: Ey
o‘g‘ilcham, bugungi kunlarda u taomni orzu qilib o‘tirma - u taom yuqligida, nochorlikda
yeyiladigan taom edi. Imom Hasan dedilar: Ha, biz uni orzu qilurmiz. Keyin Salmo
turdilar. Bir oz arpa olib, uni tegirmon qildilar. Keyin uni qozonga soldilar. Ustiga ozroq
zaytun yog‘idan quydilar va qoramurch, zira, quruq kashnich, zanjabinlarni tuyib
soldilar. Pishgandan keyin olib kelib qo‘ydilar, va dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga marg‘ub taom mana shu edi, va shuni rag‘bat bilan yer edilar.
134. Jobir bin Abdulloh roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bizning uyimizga marhamat qildilar. Biz u zot uchun qo‘y so‘ydik. Janob
dedilar: guyo bularga bizning go‘shtni yaxshi ko‘rishimiz ma’lum ekan. Imom Termiziy
aytadilar: Bu hadisda bir mustaqil voqea ham bor.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularra aytgan so‘zlari nihoyatda
dildorlik va izhori xursandchilikdan edi. O’sha qissani inshoalloh, mo‘‘jiza kitobida
yozarmiz.
135. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uylaridan chiqib, bir ansoriy xotin uylariga kirdilar. Men ham u zotga hamrox edim.
O’sha xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mexmondorchiliklari uchun qo‘y
so‘ydilar. U zot undan tanovul qildilar, keyin bir xurmo tolasidan to‘qilgan tovoqda yangi
xurmo keltirdilar. Undan ham yedilar. Keyin peshin namozi uchun tahorat qildilar, namoz
o‘qidilar. Keyin yana o‘sha xotin uylariga qaytib bordilar. U kishi avvalgi go‘shtdan
qolgan xissasini keltirib qo‘ydilar. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam undan ham
tanovul qildilar. Keyin boshqa taxorat qilmay, asr namozini o‘qidilar.
I z o h. Bu hadisda ustma-ust yemoqning joizligi ma’lum bo‘ladi. Bashartiki, badxazmlik
xavfi bo‘lmasa. Agar xavfi bo‘lsa, tibb qoidasicha, zarar qiladi.
136. Ummu Munzir roziyallohu anho dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam mening uyimga marhamat kildilar. Ali roziyallohu anhu ham birga hamroh
edilar. Uyimizda shoxlari bilan uzib osib qo‘yilgan xom xurmo boshlari bor edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha bosh xurmolardan pishganlarinn terib olib
yedilar. Ali ham barobar yedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam Aliga qarab, bas,
endi yemagil, sen bemorlikdan yangi bosh ko‘targansan, dedilar. Ali bas qildilar. Janob
esa yana yedilar, keyin men bular uchun biroz silk (tok novdalaridagi usiq bargalar) va
arpadan murakkab taom tayyorladim. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam Aliga
dedilar: Mana bu taomdan tanovul qil, senga nihoyatda muvofiq kelgay.
I z o h. Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, sabablarning rioyasi tavakkulga muxolif emasdir.
137. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening
qoshimga kelib, “uyingda yemak uchun biror narsa bormi”, deb so‘rar edilar. Men «yo‘q»
deb javob bersam, “men bugun ro‘zadorman”, deb qo‘yar edilar. Bir kun kelib so‘radilar.
Men dedim: Yo Rasulalloh, bizga bir yerdan xadya kelgan. U zot so‘radilar: Nima hadya?
Men dedim: Xurmo, yog‘ va pishloqdan bo‘lgan holva. U zot dedilar: Men bugun tongda
nafl ro‘za niyat qilgan edim. Keyin ul holvadin tanovul qildilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |