Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 296,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/92
tarix14.03.2022
ölçüsü296,76 Kb.
#53755
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

127. Oisha roziyallohu anho dedilar: Qo‘l go‘shti haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi 



vasallamga hammadan ziyoda mahbub go‘sht emas edi. Balki go‘sht o‘zi goho-goho 

pishirilar edi, va qo‘l go‘shti boshqa go‘shtlardan tezroq pishib, tayyor bo‘lar edi. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu sababdan, tezroq taomdan forig‘ bo‘lib, o‘z 

ishlariga mashg‘ul bo‘lmoq uchun uni tanovul qilmoqqa rog‘ib bo‘lar edilar.  

 

128. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi 



vasallamning bunday deganlarini eshitdim: orqa go‘shti go‘shtlarning yaxshirog‘idir. Bu 

hadisdan ma’lum bo‘ladiki, u zot goho bu go‘shtdan ham tanovul qilgan ekanlar.  

 

129. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: (Makka fath qilingan kunlarda Rasululloh 



sollallohu alayhi vasallam mening uyimga kelib qoldilar, dedilarki: Uyingda yeyiladigan 

xech bir narsa bormi? Men aytdim: Yo Rasulalloh, qotgan non va sirkadan boshqa xech 

narsa yo‘q. Ularni keltir, dedilar, qaysi uyda sirka bor bo‘lsa, o‘sha uyda nonxurush yo‘q 

deb bo‘lmas. 

 

I z o h. Allohu akbar. Payg‘ambar hayoti sodda xayot edi. Na unda takalluf bor va na 



unda yo‘qni yo‘ndirish bor. Koshki zamonamiz musulmonlari - bizlar, o‘z raxbarimiz va 

o‘z peshvomizdan shunday oson va yengil hayot kechirishni ta’lim olsak, qolgan 

umrimizni u zotga ergashish bilan o‘tkazsak. 

 

130. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 



Saridning fazilati boshqa taomlarga nisbatan qanday bo‘lsa, Oisha roziyallohu anhoning 

fazilatlari ham boshqa ayollarga nisbatan shunday. 

 

I z o h. Go‘shtlik sho‘rvaga non to‘g‘ralsa, uni Sarid deyiladi, unda komil rizolik bor, 



lazzati va quvvati ortiq deganlar. Hatto qarilarni yosh qiladi, deyilgan.  

 

131. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Bir bor Rasululloh sallollohu alayhi vasallam 



pishloq yeb, tahoratlarini yangi qildilar. Yana bir bor, qo‘y kiftidan yeb, tahoratlarini 

yangi qilmay, namoz o‘qidilar. 

 

I z o h. Ulamolar deganlarki, avvali Islomda o‘tda pishirilgan narsa yeyilganda, tahorat 



sinar edi, keyin bu hukm mansux bo‘ldi. Pishloq yeb tahorat qilgan zamonlari mazkur 

hukm bor davr edi. Keyin, go‘sht yeb, tahorat qilmay namoz o‘qigan zamonlari esa bu 

hukm mansux bo‘lgan davrda bo‘lgan.  

 

132. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Safiyya 



roziyallohu anxoning to‘ylarini xurmodan va talqondan qilib berdilar. 

 

I z o h. Safiyya onamiz Xorun alayhis-salom avlodlaridan edilar. Hijratning yettinchi 



yilida Xaybar g‘azotida asir tushgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni 

ozod qildilar va o‘z nikohlariga oldilar, va safar ustida to‘ylarini ham qilib berdilar. O’sha 

soatlarda nima mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha bilan to‘y kilib berganlar. 

 

133. Salmo roziyallohu anxo (bu zot Abu Rofi’ roziyallohu anhu Rasulullohu alayhi 



vasallamning xotinlarining xodimi, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning 

xodimalari va oshpazlari Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohimning doyalari) rivoyat qiladi: bu 

zotning qoshlariga imom Hasan va Abdulloh ibn Abbos va ibn Ja’far roziyallohu anhum 



Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy 

 

 




Yüklə 296,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin