www.ziyouz.com kutubxonasi
24
123. Mug‘iyra bin Shu’ba roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bilan mehmon bo‘ldim. U kecha u zot huzurlariga qovurg‘a go‘sht
kabobini keltirdilar. Janob qo‘llariga pichoq olib, undan menga kesib berib turdilar. Shu
holda Bilol kelib, namoz vaqti bo‘lib koldi, deb xabar qildilar. U zot pichoqni tashlab
dedilar: Bilolning ikki qo‘li tuproqqa belansin. Unga nima bo‘ldi, bu vaqtda xabar berib
qoldi. U vaqtda Mug‘iyraning mo‘ylovlari o‘sib qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ul zotga dedilar: muylovingni misvokka qo‘yib turib, kesib qo‘yarman yo o‘zing
misvokka qo‘yib kesib ol.
I z o h l a r: 1. Mug‘iyra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mehmon edilar. Janob
o‘zlari boshqa yerga chaqirilgan edilar. Bu zotni ham barobar olib ketdilar. Chunonchi,
ulug‘lar, muxiblar va xodimlari bilan bir yerga borsalar vaqt ta’ajjub emas, balki joizdir.
2. Bu xadisdan go‘shtni pichoq bilan kesib yemoq joizligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zi
hadislardan go‘shtga pichoq ishlatmoq man’ qilinganligi sobit bo‘lgan. Bundan murod
pichoq bilan yemoqdir. Ammo pichoq bilan kesib, qo‘l bilan yeyilsa, zarari yo‘qdir. Bilolga
degan so‘z duoibad emas edi, balki bir nav tanbeh edi. Chunki namoz vaqtida sig‘ilish
bor edi, bir oz sabr qilsalar bo‘lardi.
3. Bu hadisdan muylovni kesish haqida extimom zarur ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ulamolar,
uni tarashlanadimi yo kesiladimi, degan masalada ixtilof qilganlar. Ammo afzali
tarashlangandek kesish.
124. Abu Xurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
xizmatlariga qo‘l (old oyoq) go‘shti keltirildi va uning go‘shtlik yeri u zotga berildi. Bu
narsa Janobga ko‘p marg‘ub edi. Shuning uchun undan tanovul qildilar va tishlab
yedilar.
125. Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasalamga qo‘l gushti ko‘p marg‘ub edi. Bir kun qo‘l go‘shtiga (ya’ni, yaxudlar
taraflaridan) zahar solib berishdi. Undin bir luqma yeb edilar, o‘sha zaharlangan qo‘l
go‘shti o‘zi dedi: Yo Rasulalloh, menda zahar bor, yemasinlar. Yoki Jabroil alayhis-salom
kelib u zotni ogoh qildilar. U zot qolganini yemadilar. Zahar u zotga o‘sha soatda zarar
qilmadi, lekin umrining oxirlarida shu zahar asaridan vafot etdilar. Toki Alloh Taolo u
zotga nubuvvat ustida shahodat rutbasini ham ziyoda etsin, va Ibni Mas’ud dedilar:
sahobalar u qo‘lni yahudlar zaharlagan edilar, deb gumon qilardilar.
126. Abu Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uchun bir qozon taom pishirdim. So‘ng u zotga qo‘l gushti marg‘ub bo‘lganligi
sababidan qo‘l go‘shtidan uzatdim. Keyin dedilar: Yana uzat. Men dedim: Yo, Rasulalloh,
bir qo‘yda nechta qo‘l bo‘ladi? U zot dedilar: Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar
tek turib, menga itoat qilganingda edi, har bir talab qilganimda bir qo‘l berib turar eding.
I z o h. Bu voqea ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan bir mo‘‘jiza
vujudga kelmoqchi edi, sahobaning so‘zlari sabab bo‘lib, to‘xtab qoldi. Alloh Taolo karam
qilsa, mo‘‘jizalar bayoni uchun inshoolloh, mustaqil bir kitob yozmoq irodasi banda
dilimda bor. Muvaffaq bo‘la olsak, o‘shanda bayon qilarmiz.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |