BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING ICHADIGAN
NARSALARI VA ICHISHLARI HAQINDA BAYON QILINADI
155. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimliklar
ichida hammadan mahbubrog‘i o‘zi shirin va sovuq bo‘lgan narsa edi.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom haqida nihyatda betakalluf bo‘lsalar
ham ichimlik xaqida sovuq va shirin suvni yaxshi ko‘rar edilar. Shuning uchun
Madinadan necha mil uzoq saqyodan u zot uchun xos suv keltirilar edi. Bu yerdagi sovuq
shirin sharobdan murod, ivitib qo‘yilgan xurmo yo mayiz bo‘lsa ham bo‘lar, yo asal
sharbati bo‘lsa ham bo‘lar, yo to‘g‘ri shirin muzdek suv bo‘lsa ham bo‘lar. Ichiladigan
suvda sovuqlik va shirinlik sifati jam bo‘lsa, sixatni muxofaza qiladi. Dil va jigarga
nihoyatda foyda qiladi.
156. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Bir kun men va Xolid ibn Valid ikkimiz
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Ummul mu’minin Maymuna roziyallohu anho
xonalariga kirdik. (Bu volidamiz bu ul ikki zotning holalari bo‘ladilar). Onamiz bir idishda
sut olib keldilar. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam undan ichdilar. Men o‘ng
taraflarida edim. Xolid chap taraflarida edi. U zot dedilar: Ey, Abdulloh, xozir ichmoq
sening haqingdir, chunki o‘ngda o‘tiribsan, lekin Xolidga o‘z haqingni kechib bersang,
ixtiyoring bor. Men aytdim: Yo Rasulalloh, o‘zlaridan nasib bo‘lgan sarqit davlatini xech
kimga bermasman. Keyin u zot dedilar: Har kimga Alloh Taolo bir qism taom nasib qilsa,
keyin hamd aytsin: "Yo Alloh, bu bergan rizqingni bizlar uchun muborak qilgin va
bundan ham yaxshirog‘ini ato qilgin" va har kimga Alloh Taolo sut ne’matini nasib qilsa,
desin: "Yo Alloh, bu sut ne’matini bizlar uchun muborak qilgin va bu ne’matdan bizlarga
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |