151. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
152. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qovun bilan
153. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Odamlar qachon daraxtlari meva qilsa va
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tuxfani qo‘llariga olib turib, duo qilar edilar: "Ey,
Alloh, bizning mevalarimizga barokat ato qil, va bizning shaxrimizga barokat ato qil, va
bizning sog‘imizga va muddayimizga barokat ato qil. Ey Alloh, Ibrohim sening xos
bandang va xaliling va nabiying edilar. Men ham sening bandang va nabiyingdurman.
Ibrohim Makka uchun Senga duo qildilar va men Madina haqida Senga duo qilurman, ul
zot Makka uchun talab qilgan narsani bir barobarin va yana bir barobarin ato qil". Keyin
kaysi bir yosh bolani ko‘rsalar, uni chaqirib, o‘sha yangi mevani uning qo‘liga berardilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Chunki insonlarning ulug‘lari bir narsa hammaga muyassar bo‘ladigan darajada serob
bo‘lmasa, uni tanovuliga dillari moyil bo‘lmaydi.
154. Rubayy’ roziyallohu anho dedilar: Bir kun mening amakim Maoz bin Afro’a
roziyallohu anhu bir tovoqqa yangi xurmo solib, ustiga mayda tukli yangi bodringlardan
qo‘yib, mening qo‘limdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yubordilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yaxshi ko‘rar edilar. Men o‘sha tovoqni
olib, huzurlariga xozir bo‘ldim. Ittifoqo, o‘sha vaqtda u zotning qoshlarida Baxrayndan
kelgan xirojdan bir muncha taqinchoqlar bor ekan. Undan bir kaft to‘ldirib, menga
marhamat kildilar.
I z o h. Bu hadisni rivoyat qiluvchi zot, islomning buyuk dushmani Abu Jahlni o‘ldirgan
ikki yosh sahobadan birlarining qizlaridir. U mal’unni bu qizning otalari Mu’avviz bilan
amakilari Ma’oz ikkalalari o‘ldirganlar.
I z o h. Ulamolar deganlarki, xurmo bilan bodringni qo‘shib yeyilsa, ozg‘in odam
semiradi, chunonchi onamiz Oisha roziyallohu anho dedilar: "Meni Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga qovushmoq uchun topshirar vaqtlarida onam ozg‘inligim haqida
o‘ylab, debdilarki, qizim bir oz semirsa va badaniga badan qo‘shilsa yaxshi bulardi,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga yarab qolur edi. Bu xayolni qilib,
orqasidan menga yangi xurmo bilan bodring yedira boshlabdilar. Alhamdu lilloh undan
mening badanimga badan qo‘shilib, o‘zim bir oz semirib ham qoldim".
Dostları ilə paylaş: